Hozirgi kunda biz deyarli hamma ma'lumotni chiroyli va lo'nda ko'rinishda – video, grafik va h.k ko'rinishda olamiz. Bu bir tomondan yaxshi bo'lsa-da, ikkinchi tomondan miyani shunday ko'rinishdagi ma'lumot olishga o'rgatib qo'yadi. Natijada attention span kamayadi. Odam kitob yoki uzunroq maqola o'qishga qiynaladi. Aniqrog'i, sabri chidamaydi. Aslida, bizning avlodning eng katta muammolaridan biri ham shu. Biz hatto o'qishga erinadigan kitobni kimdir sabr bilan yozgan.
Bu yomonmi? Juda yomon. Cal Newport aytganidek, kelajakda yaxshi mutaxassisni yomonidan ajratadigan asosiy faktorlardan biri deep work, attention span bo'ladi.
Engineering Notesda rasm, grafiklardan minimal foydalanishim, iloji boricha hamma ma'lumotni raw text sifatida yozishimning asosiy sababi ham shu. Bir tomondan bu o'zimga attention spanni oshirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan readerlarga ham foyda.
Lekin bu yerda yetkazib bera olish juda muhim faktor. Buni uddalayapmanmi? Menimcha unchalik emas. Lekin harakat qilayapman.
Bollar, biz yutamiz.
Post #337
1.25K
Forwarded from Bobosher's blog | #FreePalestine
- 👍 39