TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.61K subscribers
Post #317 1.4K
Xuddi shu jarayon internet bilan ham bo’ldi. Ba’zida yetkazish tezligidan ko’ra ishonchlilik muhim, ba’zida esa tezlik muhim bo’lib ishonchlilik ikkinchi o’ringa tushadi. Bunday har xil talablarni bitta transport mexanizmi orqali hal qilib bo’lmas edi. Shuning uchun ishlashi va ishlatilish o’rni bir-biridan farq qiladigan 2 ta alohida transport mexanizmi – transport qavatidagi protocollar ishlab chiqildi:

— UDP. Yetkazish tezligiga qaratilgan protocol. Lekin yetkazib berishni kafolatlamaydi. Stateless protocol, ya’ni yuboruvchi qurilmada tarmoqqa chiqqan datagram (UDP protocolidagi ma’lumot uzatish birligi) haqida ma’lumot bo’lmaydi. U kerakli joyga yetib bordimi yoki yo’lda adashib qoldimi yoki qayergadir tiqilib qoldimi bundan xabari yo’q. Ma’lumotni tarmoqqa chiqardi va bo’ldi, uning ishi tugadi. Tez, lekin ishonchsiz.

— TCP. Yetkazish sifatiga qaratilgan protocol. Ma’lumotni yetkazib berish kafolatlanadi, lekin UDPdan ko’ra ancha sekin ishlaydi. Stateful protocol, ya’ni yetkazuvchi qurilma tarmoqqa chiqib ketgan segment(TCP protocolidagi ma’lumot uzatish birligi)ning holatidan xabardor bo’lib turadi. TCP ma’lumot yetkazilishini ta’minlash uchun juda ehtiyotkor (xuddi viloyatdan Toshkentga ketgan farzandi yetib borgunicha 8 marta telefon qiladigan ota-onalarga o’xshaydi). Ma’lumot yuborishdan oldin yuboruvchi qabul qiluvchi bilan bog’lanib, ikkala tomon kelishib oladi (bu connection hisoblanadi). Keyin ma’lumotlarni yuborish davomida ham yuboruvchi qabul qiluvchidan tashqari o’rtadagi routerlardan ham hol-avhol so’rab turadi (router bir vaqtda ko’p ma’lumot olsa hazm qila olmay, mazasi qochib qolishi mumkin). Zarur bo’lsa, ma’lumot yuborish tezligini oshiradi yoki kamaytiradi. Har bir borgan ma’lumotni qabul qiluvchidan tasdiqlatib oladi. Agar ma’lumotning bir qismi qabul qiluvchiga yetib bormasa, qaytadan yuboradi. Qisqasi, TCP anchagina ish qiladi. Lekin bu asosiy mavzu bo’lmagani uchun batafsil to’xtalmaymiz.

Xullas, transport layerda ma’lumot yetkazish uchun har xil imkoniyatlarni beradigan transport protocollari ishlaydi. Bundan oldingi 3 ta qavatdan ajralib turadigan jihati, oldingi 3 ta qavat hamma uchun bir xil edi. Shu yerdan boshlab esa bitta qavatda sodir bo’ladigan ishlar tanlangan protocolga qarab farq qiladi. Shu yerdan boshlab bizda yana o’sha klassik tezlik yoki sifat tanlovi bor. Shuning uchun ham bu qavat OSI modelidagi eng asosiy qavat hisoblanadi. Albatta, yana portlar ham bor.

@boboshersnotes
  • 👍 13
More from @boboshersnotes
  1. Oct 7, 2026– How much customization do you need? – Yes
  2. Oct 5, 2026I pinch the airpods once, Youtube video on my laptop is paused. I pinch it again, the vide…
  3. Oct 5, 2026The smartest kids in Kazakhstan should not be doing AI or maxxing out Claude. AI products…
  4. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  5. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  6. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →