Odatda, OSI protocoli eng yuqoridan boshlab o’rganiladi. Sababi, shunda butun jarayonni tasavvur qilish oson bo’ladi. Chunki masalan, 4-qavat haqida o’rganilayotganda undan pastdagi qavatlar abstrakt bo’ladi. Men esa bu safar top-down emas, bottom-up approachda yozib chiqishga harakat qilayapman. Maqsad esa internetning rivojlanish evolutsiyasini analiz qilish orqali har bir qavatning ahamiyatni o’rganish va ishlab chiqilishi uchun sabablarni ko’rib chiqish.
Agar OSI modeli haqida avval eshitmagan bo’lsangiz bu usulda sizga biroz tushunarsiz bo’lishi mumkin, lekin inshaallah oxirigacha yetib, recap qilganimizda hammasi tushunarli bo’lishni boshlaydi deb umid qilaman. Ana shundan keyin yana boshidan bir marta o’qib chiqsangiz nur ustiga a’lo nur.
@boboshersnotes
Post #310
931
- 👍 11