IP qanday ishlaydi?
Yoxud “Mail service: ko’chirmachilar”
Tasavvur qiling, yer yuzida faqatgina 100 kishi yashaydi. Deylik, Amerikalik bir kishi O’zimizning Eshmatov Toshmat akaga pochta yubordi, sizning vazifangiz esa uni egasiga yetkazish. Xo’sh nima qilasiz?
Eng sodda usuli, 100 kishining har biridan birma-bir ismini so’rab chiqib Toshmat akani topish. Yaxshi g’oya, MAC addresslar aynan shu g’oya ustiga qurilgan. Bu usulning kamchiligi, bir kishiga pochta yetkazib berish jarayonida faqat Toshmat aka emas, hamma qatnashishi kerak. Lekin yerda faqat 100 kishi emas, 8 milliard kishi yashasa Eshmat akani topish uchun hammadan birma-bir ismini so’rab chiqish imkonsiz.
Katta hajmli ma’lumot orasidan kerakli ma’lumotni izlashning eng yaxshi usullaridan biri qidiruv doirasini iloji boricha toraytirishga harakat qilish. Pochta tizimlarida address “Eshmatov Toshmatga” emas, “O’zbekiston res. Toshkent shahri, Chilonzor tumani falon ko’chada turadigan Eshmatov Toshmatga” deb yoziladi.
Bunday darajalangan addresslar natijasida addressni izlash davomida qidiruv doirasi torayib boradi.
— Pochta avval Amerikadan O’zbekistonga yuboriladi. Addressda shu davlat yozilgani uchun Toshmat akani Xitoy yoki Kanadadan qidirish shart emas. Shu yerning o’zida qidiriv doirasi 8 milliarddan 35 milliongacha kamaydi.
— Pochta O’zbekistonga kelganidan keyin uni Toshmat akaga yuborish uchun Qashqadaryo yoki Sirdaryoga yuborilmaydi, Sababi Toshmat aka Toshkentda turishini bilamiz. Natijada qidiruv doirasi yana toraydi. Xuddi shunday bir-ikki bosqichdan keyin pochta egasiga yetib boradi.
IP addresslar xuddi shu g’oya asosida ishlaydi. Router packetning IP addressiga qarab qabul qiluvchining internet provideri va joylashgan xududi haqida ma’lumot oladi (joylashuv haqidagi ma’lumot ishonchli emas). Masalan, men USda joylashgan serverga ma’lumot yubormoqchi bo’lsam men yuborgan IP packetni (bu haqida keyinroq) o’qigan router aynan qaysi server ekanini bilmasa ham, paket taxminan qaysi tomonga ketishini biladi va Rossiyaning providerlari tomondagi emas, USning providerlari joylashgan tomondagi routerlarga yuboradi.
P.S. Albatta, IP packet routing bundan ko’ra juda murakkab ishlaydi, lekin asosiy g’oyashi shunga o’xshash.
@boboshersnotes
Post #308
953
Engineering Notes IP vs MAC Yoxud birga ishlashga nima yetsin Taxminan 50 yillar oldin bitta tarmoq orqali 2 tadan ortiq qurilmalar orasida ma’lumot almashish usuli o’ylab topildi. Lekin ma’lumotni aynan kerakli qurilmaga yuborish uchun har bir qurilma uchun unikal bo’lgan…
- 👍 19