TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.61K subscribers
Post #304 1.35K
IP vs MAC
Yoxud birga ishlashga nima yetsin

Taxminan 50 yillar oldin bitta tarmoq orqali 2 tadan ortiq qurilmalar orasida ma’lumot almashish usuli o’ylab topildi. Lekin ma’lumotni aynan kerakli qurilmaga yuborish uchun har bir qurilma uchun unikal bo’lgan address kerak edi. Shu sababdan MAC address ishlab chiqildi. Agar device A device B ga ma’lumot yubormoqchi bo’lsa, ma’lumotni frame deb atalgan “quticha”ga soladi va “Bu ma’lumot device B uchun” deb belgilab, device B ning MAC addressini qo’shib yuboradi. Qizig’i, bu frameni networkdagi hamma device oladi. Lekin ochishdan oldin u yerda ko’rsatilgan MAC addressni o’ziniki bilan solishtirib ko’radi. Masalan, device C frameni qabul qiladi, lekin bu device B uchun ekanini bilganidan keyin ochmasdan, tashlab yuboradi. Natijada, faqat device B unga yuborilgan ma’lumotni o’qiydi.

MAC address orqali ma’lumot almashish yaxshi g’oya edi, lekin tarmoq hajmi kattalashgan sari bu usul samarasiz bo’lib boradi. Sababi, agar tarmoqda minglab device bo’lsa har bir device tarmoqda yuborilgan har bir frameni qabul qilishiga va tekshirishiga to’g’ri keladi. Bu esa juda ineffektiv.

Tarmoqdagi devicelar soni millionlab bo’lganida esa faqat MAC address orqali ma’lumot almashish ilojsiz bo’lib qoladi. Endigi vazifa katta, tekis tarmoqni bir necha qavatlardan iborat “tree” shaklida kichik qismlarga bo’lib tashlash va shu orqali ma’lumotni butun tarmoqqa emas, aynan kerakli device joylashgan qismga yuborish. Buning uchun IP address ishlab chiqildi. IP addressning MACdan asosiy ustun jihati u MAC kabi shunchaki tasodifiy raqamlar ketma-ketligi emas, ma’lumotni qayerga yuborishni ko’rsatuvchi address edi. Masalan, menga USdan “O’zbekiston, Toshkent shahri, falon ko’chasiga” deb pochta yuborilsa, pochta tizimi bu address orqali meni qayerda topish mumkinligini biladi, ular meni Berlindan yoki Samarqanddan izlashmaydi. IP address ham xuddi shunga o’xshash, u orqali reciever taxminan qaysi kontinentda turgani, qaysi internet providerdan foydalanayotgani aniqlanadi va ma’lumot hammaga emas, aynan kerakli joyga yuboradi. Lekin faqat IP addresslardan foydalanib internetni qurib bo’lmas edi. Hozirgi internet esa ikkalasini qo’shib ishlatadi: global tarmoq uchun IP address orqali, lokal tarmoqda MAC address orqali yuboriladi. ARP protocoli esa IP va MAC addresslar orasida “tarjimon” vazifasini bajaradi.

P.S. Yuqorida yozilganlar bu narsalar aslida ishlashidan ko’ra minglab marta sodda tushuntirilgan va shu sabab ba’zi qismlari haqiqatdan biroz farq qiladi.

@boboshersnotes
  • 👍 29
  • 👎 1
More from @boboshersnotes
  1. Oct 7, 2026– How much customization do you need? – Yes
  2. Oct 5, 2026I pinch the airpods once, Youtube video on my laptop is paused. I pinch it again, the vide…
  3. Oct 5, 2026The smartest kids in Kazakhstan should not be doing AI or maxxing out Claude. AI products…
  4. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  5. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  6. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →