TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.61K subscribers
Post #296 2.29K
Qaysi manbaalardan ma'lumot olishni, qanday qilib o'rganishni, qanday qilib "zo'r" dasturchi bo'lishni so'rab tez-tez yozib turishadi. Odatda, faqat resurs beraman. Qanday qilib o'rganish, qanday qilib dasturlashni "his qilish" haqida esa iloji boricha maslahatlar (tips) bermaslikka harakat qilaman. Nega?

Well, men sizga bera olishim mumkin bo'lgan maslahatlar albatta, o'z tajribamdan o'tgan va qaysidir darajada foyda (yoki zarar) bergan caselardan chiqarilgan xulosalar to'plami. Ularni shartli ravishda 2 ta turga bo'la olaman:
1. Hamma uchun ishlaydigan "universal" tavsiyalar.
2. Menga bog'liq faktorlari mavjud bo'lgan tavsiyalar.

Keling, bu ikkalasini biroz analiz qilib ko'ramiz.
1. Hamma uchun ishlaydigan tavsiyalar. Masalan, ko'proq kitob o'qing, dissipliniya bilan o'rganing, dunyoqarashingizni kengaytiring yoki shunga o'xshash. Gap shundaki, bu gaplarning deyarli barchasi hamma (shu jumladan siz ham) biladigan, lekin ko'pchilik amal qilmaydigan gaplar. Siz allaqachon biladigan, lekin amal qilmaydigan gaplarni yana bir marta aytishdan nima foyda? Shuning uchun bunday tavsiyalarni bermayman (agarda kitob o'qish foydali ekanini bilmaysiz deb o'ylamasam).

2. Mening vaziyatimga bog'liq bo'lgan tavsiyalar. Masalan, men bilan bo'lganidek self-study qiling, top-down approachda o'rganing yoki PHPni emas Pythonni tanlang degan gaplarni aytishim mumkin. Sababi, men aynan shunday qilayapman. Lekin gap shundaki, bu tavsiyalar menda "ishlashi"ga ta'sir qilgan intellektual, iqtisodiy, diniy va hatto geografik faktorlar ham bor. Menga foyda bergan usullar sizga foyda bermasligi yoki umuman teskari natija berishi ham mumkin. Shu sababdan ham muvaffaqiyatga erishishning yagona qoidalar to'plami yo'q (aks holda hamma muvaffaqiyatli bo'lgan bo'lardi). Bu degani, agar siz butun hayotingiz davomida xuddi Elon Musk, Einstein yoki Al Xorazmiyga o'xshab yashasangiz ham ular kabi muvaffaqiyatli bo'lmasligingiz mumkin.

Xo'sh, "sizga maslahat bera olmayman" deyish uchun shuncha gapni yozdimmi? Albatta yo'q. Balki boshqalar yurgan yo'lni roadmap qilib olgandan ko'ra ulardan va o'zingizning shu vaqtgacha yurgan yo'lingizdan xulosalar chiqarib, o'zingiz uchun roadmap tuzing. "Muvaffaqiyat siri"ni izlagandan ko'ra bu yo'ldagi muammolaringizni analiz qilib, yechim toping. Masalan, ko'pchilik 10 minutdan ko'proq kitob yoki article o'qiy olmasligini aytib shikoyat qiladi. Lekin bu muammoning sababi boshqa muammo(lar). Masalan, attention span kamligi bo'lishi mumkin. Lekin nimani boshqa narsalarga chalg'imasdan 2-3 soat qila olasiz? Social media? Tabriklayman, siz ko'pchilik (men ham) chalingan, allaqachon bir nechta yechimlar topilgan, lekin juda kamchilik qutula oladigan "kasallik"ka chalinibsiz. Masalan, social media addictionga qarshi dopamine detox qilishingiz mumkin. Dopamine detox esa discipline talab qiladi. Sizda discipline yo'q bo'lsa avval bu muammoni hal qilishingiz kerak bo'ladi. Xullas, muammo/sabablardan iborat bu linked list hali ancha cho'zilishi mumkin. Muammolarni hal qilishni qancha chuqurroqdan boshlasangiz shuncha "solid" yechim qilgan bo'lasiz, faqat asosiy maqsaddan chalg'ib qolmang.

Xullas, "muvaffaqiyat formulasi"ni boshqalardan qidirmang. Izlaning, xato qiling, analiz qiling va davom eting. Bollar, biz yutamiz.
  • 👍 40
More from @boboshersnotes
  1. Oct 7, 2026– How much customization do you need? – Yes
  2. Oct 5, 2026I pinch the airpods once, Youtube video on my laptop is paused. I pinch it again, the vide…
  3. Oct 5, 2026The smartest kids in Kazakhstan should not be doing AI or maxxing out Claude. AI products…
  4. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  5. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  6. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →