TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.61K subscribers
Post #271 1.2K

Forwarded from Umar Sadullayev | Blog

"Ishlasa bo'ldide" deb kod yozadigan dasturchilarga haqiqiy maslahatlarimni ulashsam.
Buyerda test uchun birinchi shunaqa kod yozib, keyin to'g'irlab qo'yadiganlar haqida emas, balki keyinchalik kimdir ishlaydigan loyihalarga to'g'ridan to'g'ri, tikkasiga, uyalmasdan shu kodlarni push qiladiganlar haqida gapiriladi.

Maslahatlar:

- Kod ishlashi yaxshi. Ammo ...
Kodingizni ertaga kimdir o'qiy olishi, o'zgartira olishi ham kerak (Yozganingizni ertaga o'zingiz ham tushunmaysizku, bularga yo'l bo'lsin 😄). O'zingiz kimdir sizga shunday kodli proyektni tashlab ketsa qancha qarg'aysiz ortidan, endi sizni nechtasi qarg'ayotganini tavavvur qilavering 😄

- Dastur sekin ishlashida hissangiz juda katta.
Yaxshi yozilmagan kod, ertaga dasturni sekin ishlashiga olib keladi, oqibatda nafaqat dasturchilardan, balki Foydalanuvchilar va Klient tarafdan ham qarg'ishlar yog'iladi.

- Sinash uchun yozgan kodingizni to'g'irlab qo'ying.
Sinash uchun hammamiz ham yomon kodlar yozib turamiz. Ammo haqiqiy mardlar ularni to'g'irlab, yaxshiroq qilib qo'yadi. Xatto ba'zan console.log("Test") ham main branch'da yotgan bo'ladi. Yaxshimaas 🙂

- O'rganib qolishdan chetlaning.
Shunday kodlar yozgan sari, inson shunga o'rganib qoladi. Ertaga jiddiyroq joyga kirganida esa, juda qiynaladi. Chunki unday joylarda "Ishlasa bo'ldi" o'tmaydi. "Eh, o'rganib qolgan 'tryuk'larim endi yo'q 😢" deb yuborasiz.

So'nggi gapim shuki, o'zim ham shunday kod yozib turaman. 🙂

Maslahatlarimga amal qilmasangiz ham, share qilib keting guruh va kanallarga. Zora kimdir
olar bu gaplarni 😄

@JoshDeveloper
  • 👍 18
More from @boboshersnotes
  1. Oct 7, 2026– How much customization do you need? – Yes
  2. Oct 5, 2026I pinch the airpods once, Youtube video on my laptop is paused. I pinch it again, the vide…
  3. Oct 5, 2026The smartest kids in Kazakhstan should not be doing AI or maxxing out Claude. AI products…
  4. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  5. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  6. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →