Shaxsiy fikrim:
Ha, ko'pchilik frameworklar antipatternlar asosiga qurilgan va bu ma'lum darajada asosli.
Agar frameworklar to'liq biz bilgan toza konseptlar asosida yozilganida ular orqali minimal "ishlaydigan" kod yozish hozirgidan ko'ra ancha qiyin bo'lgan bo'lardi.
$20 ga bozordan sifati meni qoniqtiradigan krossovka sotib olsam, Nike meni ularning san'at asari darajasida ishlab chiqilgan $200 turadigan krossovkasini sotib olmaganim uchun ayblay olmaydi. Sababi, menda o'sha mahsulotga ehtiyoj va yetarli mablag' yo'q. O'zim olgan mahsulot sifat va narx jihatidan meni qoniqtiradi.
Xuddi shunday, ko'pchilik kichik va o'rta kompaniyalar va ularning tepasida o'tirgan biznesmenlar uchun siz va men qurishni xohlaydigan ideal (yoki shunga yaqin) dastur kerak emas. Buning uchun ehtiyoj va yetarlicha resurs yo'q ularda.
Siz va men ular aytgan resurslar evaziga software ishlab chiqishga rozi bo'lmasak ham, buni qiladiganlar albatta topiladi va bu tabiiy. Keyin sifat ham shunga yarasha bo'ladi.
Ko'pchilik frameworklar esa o'sha "qoniqarli sifatli" software ishlab chiqish uchun arzon yarimtayyor mahsulot. Agar o'sha frameworklardan foydalanib, yuqori sifatli dastur ishlab chiqmoqchi bo'lsangiz, frameworkni anchagina customize qilishingiz kerak va FAANGda ham shunday qilishadi.
Post #233
1.19K
Programming ∀ Frameworklar ko'p holatlarda biror ishni osonlashtirish uchun ishlab chiqilgan yoki ishlab chiqiladi. Lekin juda ko'p frameworklar antipatterlar asosiga qurilgan. To'g'ri u nimadurni yaxshilaydi nimaduni osonlashtiradi samaradorlikni oshiradi deyiladi. Lekin…
- 👍 12