Shunaqa savollar bo'ladi-ki, u savollarga javob topish orqali ko'p narsa o'rganmasligingiz mumkin, lekin hali o'rganishingiz kerak bo'lgan ko'p narsani bilib olasiz.
Hozir bir fikr kelib qoldi. Vaqti-vaqti bilan kanalda #yaxshi_savol tagi bilan savollar joylab turaman. Lekin javob bermayman.
Hamma commentda o'z javobini qoldirishi mumkin (batafsil va hammaga tushunarli formatda bo'lsa juda yaxshi).
Kuzatuvchilar (hozircha) ko'p bo'lmasa ham orangizda kattagina xalqaro kompaniyalarda ishlaydigan dasturchilar bor.
Sizlardan o'z bilimingizni commentlarda ulashishingizni so'rab qolardim. Bu endi boshlaganlar uchun foydali bo'ladi deb o'ylayman.
Boshladik, inshaalloh.
Post #164
694