Bunda
form = OrderForm() degan joyi ishlab, keyingi if ishlamaydi(sababi, bizda GET request). Natijada form contextga qo'shilib, userga response qilib yuboriladi.Demak, biz userga bo'sh form yubordik. Shu bilan birinchi request tugadi.
Endi user formni qabul qilib olgach, kerakli joylariga ma'lumot kiritib, submit qiladi.
Form action bosh turgani uchun submit qilingan natija ham shu urlga keladi, faqat bu safar POST request bo'lib.
Endi if blokining ichi bajariladi. OrderFormga bizga kelgan request ichidagi ma'lumotlarni kiritsak, u bizga python object qaytaradi. is_valid() methodi orqali esa u bizning so'ragan model classimizga(form class yozayotganda kiritgan) to'g'ri kelish yoki kelmasligi tekshiriladi. Agar to'g'ri kelsa, demak, u xavfsiz. save orqali uni databasega saqlab, bizni kutib turgan userni main pagega jo'natib yuborayapmiz.