TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.61K subscribers
Post #10 442

Forwarded from Bobosher Musurmonov

Bu fikrlar faqat bir tomonlama.
Javaning qanchalik stabil va kuchli til ekanidan xabarim bor(ko'p bo'lmasa ham). Lekin bu degani boshqa tillar "axlat" degani emas.

Pythonda faqat rasm-videolarni yuklash mumkin? Yo'q, siz(muallif) pythonda faqat shuni qilishni bilasiz. Bizning firmada Banklar, Zavodlarning boshqaruv tizimlari kabilar Pythonda qilinadi va hozircha hammasi yaxshi ishlab turibdi.

Python platforma tanlaydi? Sizga kim aytdi projectni tog'ridan to'g'ri serverda yuriting deb? Container, virtual machine degan narsalar bor.

Shu o'rinda "ortiqcha vaqt, harajat" haqida. Siz serverga qo'yish uchun ba'zi qo'shimcha sozlashlarga ketadigan vaqt va harajatlarni aytdingiz. Normal jamoa javada 6 oyda tayyor qiladigan loyihani xuddi shu darajadagi jamoa Pythonda 2 oyda qilishi mumkin. Bu ham o'sha "ortiqcha ish, ortiqcha pul, ortiqcha vaqt"ga kiradimi?

Pythonda faqat Instagram kabi kichkina vebsaytlar yoziladi, Javada IBM SPSS kabi katta tizimlar yoziladi debsiz. Shu joyida shunchaki texnologiya giganti bo'lgan googlening bir shiorini keltirib o'taman:  “Python where we can, C++ where we must.”
Yoki bu ham kichkina vebsaytmi?

P.S. Tepadagilarni yozishdan maqsad python javadan kuchli yoki java kuchsiz deyish emas. Shunchaki har bir tilning o'z vazifasi va imkoniyatlari bor ekanini eslatib qo'yish. Faqat bir tomonlama analiz qilmaslikka chaqirish.
Agar siz biror tilning imkoniyatlarini bilmasangiz o'sha til kuchsiz degani emas.
More from @boboshersnotes
  1. Oct 7, 2026– How much customization do you need? – Yes
  2. Oct 5, 2026I pinch the airpods once, Youtube video on my laptop is paused. I pinch it again, the vide…
  3. Oct 5, 2026The smartest kids in Kazakhstan should not be doing AI or maxxing out Claude. AI products…
  4. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  5. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  6. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →