Post #1446
472
Bobosher's blog | #FreePalestine Only in Russia...
Ma'lumot uchun bu rasm 2018-yil 16-noyabrda, Usinsk aeroportida olingan. Plan bo'yicha Vorkuta harbiy bazasiga qo'nishi kerak bo'lgan 4 ta MiG-31 noqulay ob-havo sabab uzoq vaqt kutib, oxiri ilojsizlikdan Usinsk aeroportiga qo'nishga majbur bo'ladi. Usinskga yetib kelganida MiGlarda yoqilg'i shu darajada kam qoladiki, endigina qo'ngan UTair Boeing 737 hali taxiwayga (uchish yo'lagini terminallar bilan ulaydigan yo'l) o'tishigayam ulgurmasidan orqasidan birin-keyin qo'nishiga to'g'ri keladi. 2 ta MiG qo'nish yo'lagining oxiriga yetishi bilanoq yoqilg'isi tugab o'chgan ekan.