TGViewer
Şokir Tursun qaraşlari Şokir Tursun qaraşlari @birgap · 5.44K subscribers
Post #3912 5.01K
Şokir Tursun qaraşlari Mukofot (ragʻbat) qachon foyda, qachon zarar? Mukofot ichki motivatsiyani oʻldiradi degan fikr keng tarqalgan. Ammo bu qonuniyat har doim ham ishlayvermaydi. Faoliyat oʻquvchiga aslida qiziq boʻlsagina shunday holat kuzatiladi. Misol keltiraman: Aziza rasm…
Oʻtgan postda Aziza haqida yozgan edim. Rasm chizishni sevadigan qiz yulduzcha tizimi kiritilgach chizishni tashlab qoʻydi. Mukofot uning qiziqishini siqib chiqardi.

Endi teskari holatni koʻrib chiqamiz.

Bekzod koʻpaytirish jadvalini yodlashni yomon koʻradi. Uni hech narsa qiziqtirmaydi – na jadvalning oʻzi, na takrorlash. Oʻtiradi, chalgʻiydi, chala bajaradi. E'tibor bering, bu yerda oʻldiriladigan qiziqishning oʻzi yoʻq. Chunki qiziqish boshidan boʻlmagan.

Oʻqituvchi har kuni bexato aytilgan bitta ustun uchun yulduzcha berish tizimini joriy qildi. Bekzod endi oʻtiradi va yodlaydi. Yoqqani uchun emas, yulduzcha uchun. Va bu normal. Aziza keysidagi xavf bu yerda ishlamaydi. Yulduzcha hech qanday qiziqishning oʻrnini egallagani yoʻq, chunki egallanadigan joy boʻsh edi.

Lekin bu bilan hali ish bitmaydi. Bir necha haftadan keyin boshqa narsa yuz beradi. Bekzod matematika darsida misollarni tezroq yecha boshlaydi. Sinfdoshlari hali barmoq bilan sanayotganda u javobni aytib boʻladi. Birinchi marta oʻzini matematikada kuchli his qiladi.

Mana shu nuqta eng muhimi. Endi Bekzodda yulduzchadan boshqa sabab paydo boʻldi. Natijani koʻrish va oʻz kuchini his qilish. Aqlli oʻqituvchi shu paytni boy bermaydi. Yulduzchani asta kamaytiradi va eʻtiborni natijaga qaratadi. Qara, oʻtgan oyda ikki daqiqada oʻn misol yechayotgan eding, endi yigirmata yechding deb tashqi motivatsiyani ichki motivatsiyaga yoʻnaltira boshlaydi.

Yulduzcha oʻz vazifasini bajardi. U koʻprik boʻldi. Bekzodni motivatsiya yoʻq joydan motivatsiya paydo boʻladigan joygacha olib oʻtdi.

Azizada mukofot bor qiziqishni siqib chiqardi, Bekzodda mukofot qiziqish paydo boʻlguncha vaqtdan yutib berdi.

Demak, asosiy savol mukofot berishim kerakmi emas. Bu vazifaga oʻquvchining qiziqishi bormi va mukofotdan keyin uni qayerga olib oʻtmoqchiman boʻlishi kerak.

Tashqi motivatsiyani rad etish emas, uni toʻgʻri boshqarish kerak. Ayrim hollarda odat shakllantirish uchun tashqi motivatsiyadan boshqa yoʻl yoʻq.

@birgap
  • ❤ 23
  • 👍 11
  • ❤‍🔥 5
More from @birgap
  1. Sep 28, 2026Nima qilasan qora rangda oq deb yozilgan bölsa! Minor – Zamonnoma @birgap
  2. Sep 27, 2026Şunaqa payt “Qaşqirlar makoni” filmidagi Çaqirday kuç-qudratim bölsaydi, deb öylab qolasan…
  3. Sep 27, 2026Namangandagi boğçada bölgan voqeani ozroq örgandim. Xulosam: 1. Anavi “erkak” bir umrga qa…
  4. Sep 12, 2026Yangi alifboni işlatamiz endi. Alifbo özgarişi kerakmidi? – Ha. Hozirgi holatda özgarişi k…
  5. Sep 8, 2026Menimcha, pulga kuydik! Biz PISA jarayonlari boshlangandayoq aytgandik, ammo obroʻli bloge…
  6. Sep 7, 2026📢 SODIQ SCHOOL JAMOASIGA SAT O‘QITUVCHILARINI TAKLIF QILAMIZ! Sodiq School jamoasi SAT En…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →