TGViewer
Şokir Tursun qaraşlari Şokir Tursun qaraşlari @birgap · 5.44K subscribers
Post #3911 3.62K
Mukofot (ragʻbat) qachon foyda, qachon zarar?

Mukofot ichki motivatsiyani oʻldiradi degan fikr keng tarqalgan. Ammo bu qonuniyat har doim ham ishlayvermaydi. Faoliyat oʻquvchiga aslida qiziq boʻlsagina shunday holat kuzatiladi.

Misol keltiraman:
Aziza rasm chizishni yaxshi koʻradi. Uni hech kim majburlamaydi, hech kim mukofot bermaydi. U shunchaki chizadi, chunki bu unga yoqadi. Endi oʻqituvchi yaxshi niyat bilan har bir rasm uchun yulduzcha berish tizimini joriy qildi. Aziza avvaliga xursand. Chizadi, yulduzcha oladi.

Lekin sekin-asta oʻzgarish boshlanadi. Aziza endi chizishdan oldin oʻylaydi: bu rasm uchun yulduzcha berisharmikan? Yulduzcha bermaydigan joyda, masalan, uyda chizish qiziqarli boʻlmay qoladi. Chunki uning ongida nega chizaman degan savolga javob oʻzgardi. Avval javob yoqqani uchun edi. Endi javob yulduzcha uchun.

Bir kuni yulduzcha tizimi toʻxtasa Aziza ham chizmay qoʻyadi. Chizish uchun sabab yoʻqolgan, chunki asl sabab, yaʻni qiziqish, allaqachon yulduzcha bilan almashtirib yuborilgan.

1999-yilda 128 ta tadqiqot natijlari tahlil qilingan meta-analiz e'lon qilingan. Aniqlanishicha, mukofotning salbiy ta'siri faqat dastlab qiziqarli boʻlgan faoliyatlarda kuzatilgan. Zerikarli vazifalarda bunday ta'sir topilmagan.
Masalan, koʻpaytirish jadvalini yodlash, soʻzlarni takrorlash, husnixat mashqlari. Bu yerda oʻldiriladigan ichki motivatsiyaning oʻzi yoʻq. Shuning uchun mukofot hech narsani buzmaydi. Aksincha, oʻquvchini zarur, lekin zerikarli ishni bajarishga undaydi.

Yuqorida tilga olingan tadqiqotdagi 13 ta tajribada bitta guruhga qiziqarli, boshqasiga zerikarli vazifa berilgan va ikkala holatda mukofotning ta'siri taqqoslangan. Qiziqarli vazifalarda mukofot ichki motivatsiyani kuchli pasaytirgan. Zerikarli vazifalarda esa hech qanday pasayish kuzatilmagan.

Xulosa shuki, zerikarli vazifalarda mukofot ichki motivatsiyani oʻldirmaydi, chunki oʻldiriladigan motivatsiyaning oʻzi deyarli yoʻq. Lekin juda qiziq nuqta bor, mukofot zerikarli vazifalarga qiziqishni ham uygʻotmaydi. Mukofot zerikarli mashqni bajartiradi, lekin uni sevdirmaydi. Mualliflar zerikarli vazifalar uchun asosiy masala mukofot emas, oʻquvchi mashqning oʻzi uchun ahamiyatini tushunib, uni oʻz ixtiyori bilan bajarishga oʻtishi ekanini taʻkidlaydi.

@birgap
  • ❤ 11
  • ❤‍🔥 6
  • 👍 4
More from @birgap
  1. Sep 28, 2026Nima qilasan qora rangda oq deb yozilgan bölsa! Minor – Zamonnoma @birgap
  2. Sep 27, 2026Şunaqa payt “Qaşqirlar makoni” filmidagi Çaqirday kuç-qudratim bölsaydi, deb öylab qolasan…
  3. Sep 27, 2026Namangandagi boğçada bölgan voqeani ozroq örgandim. Xulosam: 1. Anavi “erkak” bir umrga qa…
  4. Sep 12, 2026Yangi alifboni işlatamiz endi. Alifbo özgarişi kerakmidi? – Ha. Hozirgi holatda özgarişi k…
  5. Sep 8, 2026Menimcha, pulga kuydik! Biz PISA jarayonlari boshlangandayoq aytgandik, ammo obroʻli bloge…
  6. Sep 7, 2026📢 SODIQ SCHOOL JAMOASIGA SAT O‘QITUVCHILARINI TAKLIF QILAMIZ! Sodiq School jamoasi SAT En…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →