Kanal mavzusiga mos emas, lekin aytib qoʻyishim kerak.
Musulmon odam piramida usulidagi savdodan yiroq yurishi kerak, halol emas.
Piramida qanday boʻladi?
Piramidaning asosiy belgilari:
Asosiy daromad mahsulotdan emas, odam chaqirishdan keladi. Agar sizga "mahsulot sotmasang ham boʻladi, faqat 3 kishi olib kelsang kifoya" deyilsa – bu toza piramida.
Haqiqiy qiymatga ega mahsulot boʻlmaydi. Koʻpincha niqob uchun arzimas, bozor narxidan bir necha barobar qimmat tovar koʻrsatiladi. Asl maqsad mahsulotning emas, yangi aʼzoning puli.
"Kafolatlangan katta daromad" vaʼdasi. "Hech narsa qilmaysan, oʻzi pul keltirib turadi, oyiga 20-30% foyda" kabi chaqiriqlar shariatdagi halol sheriklik qoidalariga zid. Halol tijoratda foyda kafolatlanmaydi, xatar va zarar ham birga taqsimlanadi.
Pastdagilarning yutqazishi evaziga yuqoridagilar boyiydi. Tizim yangi odamlarning badali hisobiga aylanadi. Yangi odam kelishi toʻxtashi bilan piramida qulaydi va eng oxirgi kirgan koʻpchilik boridan ayriladi.
Nega harom? Chunki bu yerda birovning molini botil yoʻl bilan yeyish, ochiq aldov, oʻta katta noaniqlik va qimorga xos mexanizm yotadi. Halol savdoda esa real tovar yoki xizmat almashinuvi, mehnat va adolatli xatar sherikligi boʻlishi shart.
Atrofingizdagilar, yaqinlaringiz bunday "oson boyish" tuzoqlariga tushib qolmasin. Halol topilgan ozgina daromad haromdan kelgan dabdabadan barakaliroq.
@birgap
Post #3909
5.06K
- 👍 56
- ❤ 8
- 💯 2