O‘quv yili yakunida Toshkentdagi maktablardan birida intizomsiz o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchiga jinoiy ish ochildi, lekin yakunda u aybsiz deb topildi. Tarmoqlarda kimdir o‘qituvchini qoraladi, kimdir esa o‘quvchi va uning ota-onasini.
Kun.uz shu maktab direktori va jamoatchilik faollari ishtirokida bu kabi holatlarga olib kelayotgan sabablarni muhokama qildi.
Ekspertlar fikricha:
- o‘qituvchining qo‘lida birorta richag yo‘q;
- ko‘p bolalarga ota-onaning ham so‘zi o‘tmayapti;
- ajrimlar ko‘p, ayrim sinflarda hatto har ikkita o‘quvchidan birining ota-onasi ajrashib ketgani vaziyatni murakkablashtiradi.
📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING