Mana bu faylni pedmasterycenter.uz saytidan yuklab oldim. Quyida havolasini beraman.
Bu sayt oʻqituvchilar attestatsiyasini oʻtkazadigan tashkilot. U saytda spetsifikatsiyalarda koʻrsatilgan fanlarga oid kitoblarni joylashtirgan.
Ona tili va adabiyot yoʻnalishida tavsiya etilgan kitob – Dilorom Yuldasheva hamda Gulchehra Choʻlliyevaning "Oʻzbek tilini oʻqitish metodikasi" kitobi 11 betdan iborat ekan. Kitobning jildi, mundarijasi, kitobni chiqarishga ruxsatnoma, 1 betli kirish, kitobning orqa jildi bor.
Shunda test shu 11 betli kitobdan tushadimi? Aniqlashtirib beringlar.
Oʻzi markaz kitob tanlayotganda kitobning sotuvda mavjudligi, topish imkoni borligini ham hisobga olsa yaxshi boʻlardi.
@birgap
Post #3799
5.97K
Oʻzbek tili oʻqitish metodikasi.pdf1.9 MB
- ❤🔥 15
- 👍 12
- 😁 6
- ❤ 4
- 🤣 2