Pedagogik texnika – oʻqituvchining dars oʻtish davridagi mahorati, nutqi, mimikasi, pantomimikasi va oʻz his-tuygʻularini boshqara olish qobiliyatidir.
Pedagogik diagnostika – oʻquvchilarning bilim darajasi, tarbiyalanganligi yoki psixologik holatini aniqlash jarayonidir. Diagnostika koʻproq oʻquvchining holatini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻladi.
Pedagogik refleksiya – insonning oʻz faoliyati va ichki holatini tahlil qilishi. Pedagogik refleksiya oʻqituvchining: "Men darsni qanday oʻtdim?“ "Qayerda xato qildim?“ "Oʻquvchilar nega zerikdi?" kabi savollarga javob izlashi va oʻz faoliyatiga tanqidiy baho berishidir.
Pedagogika nazorat – oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini tekshirish (test, imtihon, soʻrovnoma). Bu jarayonda oʻqituvchi oʻzini emas, oʻquvchini baholaydi.
Toʻgʻri javob qaysi ekan?
@birgap
Post #3779
3.52K

- 👍 21
- ❤ 8
- 🔥 5