TGViewer
Şokir Tursun qaraşlari Şokir Tursun qaraşlari @birgap · 5.45K subscribers
Post #3772 4.85K
#testtahlili

Mana bu testga bir necha eʼtirozlarim bor

Hozir bu yerda men uchun toʻgʻri javob yoʻq. Chunki har bir variantdagi kamida bitta soʻzda oʻ harfi emas.
A: direktor
B: noyabr
C: traktor
D: kubok, noyabr


Eʼtirozim shundaki, bunday savollarga javob topish oʻqituvchining yashash hududiga koʻra farqlanadi. Masalan, Qoʻqon shaharda yashab, katta boʻlgan oʻqituvchi uchun hamma soʻzda o harfining oʻzi ishlatiladi. Mahalliy til shunaqa shakllangan. Boshqa hududlarda boshqacha. Shunday ekan, bu tarzda savol shakllantirish toʻgʻri emas.

Asosiy eʼtirozim boshqacharoq. Oʻzi bu test bilan oʻqituvchining qaysi koʻnikmasini baholashmoqchi? Menimcha, imloni bilishini. Yaʼni aslida oʻqituvchidan sen o harfi baʼzan oʻ tarzida talaffuz qilinsa ham o yozilishi kerakligini bilasanmi, yoʻqmi deyilyapti. Savolni shu tarzda shakllantirish mumkin edi. Taxminan bunday:

Qaysi qatordagi barcha soʻz toʻgʻri yozilgan?
A) boʻchka, direktor, boks, boʻlt
B) nayabr, kartoʻshka, noʻta, opera
C) tort, opera, traktor, tonna
D) toʻnna, noʻyabr, boʻchka, kuboʻk


Ana endi savol ortiqcha chalgʻituvchilardan xalos boʻldi. Nimani tekshirayotgani ham oydinlashdi.

Rasmdagi holatda esa, aytganimdek, chalgʻituvchi element – o harfi turli shevalarda turlicha talaffuz qilinishi bor.
Axir u oʻqituvchi, yozilgan qoidalarni bilishi kerak, deyishingiz mumkin. Lekin imlo qoidalarida ham, orfoepiya qoidalarida ham hamma soʻzni berib qoʻymagan. Demak, jonli tilga tayanishga majbur boʻlamiz. Jonli tilda esa, turlicha talaffuzlar mavjud. Koʻfe deydigan hududlar ham bor, kofe deydigan hududlar ham bor.

Eng yaxshisi, yuqorida aytganimday, testni oʻz koʻnikmasiga qaytarish kerak.

@birgap
  • 👍 62
  • 💯 21
  • ❤ 14
More from @birgap
  1. Oct 7, 2026O‘qituvchi fenomeni – ularning ta’limdagi roli qanday bo‘lishi kerak? Xabaringiz bor, Gaze…
  2. Oct 6, 2026Mana, attestatsiya imtihonlariga ham oz qoldi. Nutqning kommunikativ sifatlari Ha, bu mavz…
  3. Oct 5, 2026Ushbu kitob attestatsiya testlariga shu mavsumdan qo'shildi. Bu yangi mavzular, yangi tush…
  4. Oct 4, 2026Sandiq jamoasi sizlar uchun yangi platforma ishga tushirdi. Endi attestatsiyaga xuddi atte…
  5. Oct 3, 2026Shok xabar o‘rtoqlar! Shanba kuni doim global qarorlar eʼlon qilinari o‘zi: O‘zbekiston Re…
  6. Sep 28, 2026Nima qilasan qora rangda oq deb yozilgan bölsa! Minor – Zamonnoma @birgap
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →