TGViewer
Şokir Tursun qaraşlari Şokir Tursun qaraşlari @birgap · 5.45K subscribers
Post #3749 5.11K

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Pedagoglarning malaka toifasi sertifikatlari amal qilish muddati bo‘yicha RASMIY MUNOSABAT: pedagoglar huquqlari kafolatlangan

Ijtimoiy tarmoqlarda pedagoglarning malaka toifa sertifikatlarining amal qilish muddati qisqartirilgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, pedagog kadrlar har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi.

2021-yilgacha bo‘lgan davrda pedagoglarga attestatsiya natijalariga ko‘ra malaka toifalarini tasdiqlovchi sertifikatlar qog‘oz shaklida hududiy boshqarmalar tomonidan rasmiylashtirilgan va pedagoglarga topshirilgan.

Mazkur sertifikatlar respublika bo‘ylab turli sanalarda berilganligi sababli, ularning besh yillik amal qilish muddatining tugashi 2026-yilning turli oylariga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumki, bahorgi attestatsiya jarayoni odatda yanvar–iyun oylarida o‘tkaziladi va natijalarga ko‘ra yangi sertifikatlar iyun oyida beriladi.

Shu bois, 2021-yilning iyul–avgust oylarida sertifikat olgan ayrim pedagoglar sertifikatlarining amal qilish muddati yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin yakuniga yetadi.

Pedagoglarga malaka toifasi sertifikatlari muddatlarida uzilish yuzaga kelishining oldini olish maqsadida, sertifikat muddati yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar tugaydigan pedagoglarga bahorgi attestatsiyada majburiy attestatsiya turi bo‘yicha, hech qanday to‘lov undirilmagan holda qatnashish imkoniyati mavjud.

Bunda pedagoglar kuzgi attestatsiyani kutmasdan, bahorgi attestatsiya jarayonlarida ishtirok etishlari mumkin.

Ta’kidlash joizki, malaka toifasi sertifikatlarining amal qilish muddati bo‘yicha hech qanday qisqartirish yoki o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish amalga oshirilmagan.

Pedagoglarning amaldagi sertifikatlari muddati yakuniga yetmaguniga qadar malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi va amaldagi toifa bo‘yicha haq to‘lanishi davom etadi.
  • ❤ 10
  • 👍 7
More from @birgap
  1. Oct 7, 2026O‘qituvchi fenomeni – ularning ta’limdagi roli qanday bo‘lishi kerak? Xabaringiz bor, Gaze…
  2. Oct 6, 2026Mana, attestatsiya imtihonlariga ham oz qoldi. Nutqning kommunikativ sifatlari Ha, bu mavz…
  3. Oct 5, 2026Ushbu kitob attestatsiya testlariga shu mavsumdan qo'shildi. Bu yangi mavzular, yangi tush…
  4. Oct 4, 2026Sandiq jamoasi sizlar uchun yangi platforma ishga tushirdi. Endi attestatsiyaga xuddi atte…
  5. Oct 3, 2026Shok xabar o‘rtoqlar! Shanba kuni doim global qarorlar eʼlon qilinari o‘zi: O‘zbekiston Re…
  6. Sep 28, 2026Nima qilasan qora rangda oq deb yozilgan bölsa! Minor – Zamonnoma @birgap
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →