Internetda kimdir shu ma'nodagi rasmni qo‘yib, “Koreya haqiqati” deb yozibdi. Kimdir kulib “to‘g‘ri” deydi, yana kimdir esa rostakamiga achinib ham qo‘yadi.
Lekin men bu fikrlarga umuman qo‘shilmayman. Koreyada yashayotgan odam sifatida shuni aytamanki, bu Koreya haqiqati emas — bu sizning shaxsiy haqiqatingiz. Koreyaga kirayotganingizda vizangizga “qishda sovuqda har kuni turib samushilga borasiz” degan shart qo‘yilmagan.
Aytgancha, 인력 사무실 (Inlyok samushil) koreys tilida "ish ofisi”, ish joyi degani. Bu yerda kunlik ishlar topib ishlanadi. Bizni tilda mardikorlik bozori (lekin tizim va sharoit ancha boshqacha, yaxshi tomondan)
Hech kim sizni har kuni sovuqda aynan shunday ishga borishga majburlamaydi. Qolaversa, Koreyadagi hamma ham har kuni samushil eshigi tagida emas. Bu — o‘zingiz uchun yaratgan haqiqat va o‘zingiz tanlagan yo‘l. Shunday ekan, iltimos, siz o'zingizni shaxsiy juningiz bilan davlat junini aralashtirmang.
Bu yerda yurgan chet elliklarni, ayniqsa ilm olayotgan yoki hayotda nimagadir intilayotgan odamlarni ham dunyoga noto‘g‘ri ko‘rsatmang.
@irodalearnsitall
Post #3729
3.56K
