TGViewer
Şokir Tursun qaraşlari Şokir Tursun qaraşlari @birgap · 5.44K subscribers
Post #1567 7.04K
Koʻpchilik texnik xato va imloviy xatoni farqlay olmaydi.

Soddaroq tushuntirishga harakat qilaman.

Suiisteʼmol soʻzini suyisteʼmol, suiistemol, suisteʼmol, suistemol, susteʼmol, sustemol kabi yozib qoʻysangiz bu imloviy xato. Yaʼni siz soʻzning qanday yozilishi toʻgʻri boʻlishini bilmaysiz. Qilgan xatolaringiz inson ehtimoliy qilishi mumkin boʻlgan imloviy xatolardir:

Suyisteʼmol deb yozganingizda yonma-yon kelgan unlilarning yozilishi bilmagan boʻlasiz.

Suisteʼmol yozsangiz bu soʻzning ikki i bilan yozilishini bilmagan boʻlasiz.

Suiistemol yozsangiz tutuq belgisi haqida bilimlaringiz yetarli emasdek tuyuladi.

Susteʼmol deb yozsangiz aytilishi va yozilishida farq qiluvchi soʻzlar borasida bilimingiz kam deyish mumkin.

Endi shu soʻzni suiisteʼmlo, suiistʼemol, siusteʼmol kabi yozsangiz yoki duiisteʼmol, suiisteʼnol kabi bir harfni boshqasiga almashtirib yozsangiz bular imloviy emas, texnik xato boʻladi. Bir harfni boshqasiga almashtirib qoʻyishda shunga diqqat qilish kerakki, oʻsha harf oʻzgarishi butunlay boshqa maʼnoni beradigan soʻz paydo boʻlishiga sabab boʻlmasligi kerak.

Texnik xatoni shunday tushuntirish mumkinki, bunday xato qilgan odam imloni biladi, lekin qandaydir eʼtiborsizlik, shoshilish yoki boshqa sabab bilan shunga yoʻl qoʻygan boʻladi. Texnik xatoni toʻgʻri tushunish kerak deb oʻylayman. Har holda hammamiz odammiz – xato qilamiz.

Kitoblarda ham texnik xato boʻlsa muharrir yoki musahhihni boʻralatib soʻkmayman (ichimda), imlo xatolarni esa kechirmaslik kerak deb oʻylayman.

@birgap
  • 👍 48
More from @birgap
  1. Sep 27, 2026Şunaqa payt “Qaşqirlar makoni” filmidagi Çaqirday kuç-qudratim bölsaydi, deb öylab qolasan…
  2. Sep 27, 2026Namangandagi boğçada bölgan voqeani ozroq örgandim. Xulosam: 1. Anavi “erkak” bir umrga qa…
  3. Sep 12, 2026Yangi alifboni işlatamiz endi. Alifbo özgarişi kerakmidi? – Ha. Hozirgi holatda özgarişi k…
  4. Sep 8, 2026Menimcha, pulga kuydik! Biz PISA jarayonlari boshlangandayoq aytgandik, ammo obroʻli bloge…
  5. Sep 7, 2026📢 SODIQ SCHOOL JAMOASIGA SAT O‘QITUVCHILARINI TAKLIF QILAMIZ! Sodiq School jamoasi SAT En…
  6. Aug 30, 2026Qayerda kerakmassan, agar xarob kiyinsang, Chiroyli kiyimda ham u yerda bir tiyinsan. Mino…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →