TGViewer
Channel Public Channel
BilimEra

BilimEra

@bilim_era

bilimera.uz

Onlayn ta’lim platformasi
Subscribers
147
Photos
38
Videos
0
Links
26
Recent Posts 13 shown
Post #45 154
Bizga yozishmoqda:

Assalomu alaykum! BilimEra platformasida pedagogika va kasb standartlaridan kursga yozilgandim. Attestatsiya imtihonidan o'tdim. Yaxshi natijani qo'lga kiritdim. Oliy toifani oldim.

Shokir Tursun ustoz va boshqa tashkilotchilarga o'z minnatdorligimni bildiraman.


Biz ham kursimiz tinglovchisi - ustozni muvaffaqiyatli natija bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz.

P.S. Ilgariroq platformamizning boshqa foydalanuvchilari ham attestatsiyada yuqori natijalar qayd etishgani haqida xabarlar (1, 2) olgan edik.
Telegram BilimEra Joylarda pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlari davom etmoqda va bizga xushxabarlar kelmoqda. "Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursimiz tinglovchilaridan biri - Jizzaxlik ustoz Akbarshoh o'z natijalari bilan bo'lishdilar: pedagogika…
Post #44 177
"BilimEra" platformasi "Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursi tinglovchilaridan yana biri - Shoʻrchi tumanidagi 12-sonli umumtaʼlim maktabi ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Shoxsanam Xazratqulova attestatsiyada yuqori natijani qayd etdi va vazir jamgʻarmasi ustamasiga ham nomzod boʻldi. Bu haqida "Ta'lim xabarlari" nashri yozmoqda.

"BilimEra" platformasi ustozni yuqori natija bilan tabriklaydi va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaydi!

P.S. Ilgariroq, platformamizning yana bir foydalanuvchisi attestatsiyada yuqori natija qayd etgani haqida yozgan edik.
Ta’lim xabarlari “Atigi 2 haftada tayyorlandim”: attestatsiyada 94 ball olgan o‘qituvchi bilan suhbat - Ta’lim xabarlari Shoxsanam Xazratqulova bugungi oʻqituvchining vazifasiga kengroq yondashadi. Uning fikricha, oʻqituvchi faqat qoidalarni tushuntirib beruvchi emas.
Post #43 197
Joylarda pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlari davom etmoqda va bizga xushxabarlar kelmoqda.

"Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursimiz tinglovchilaridan biri - Jizzaxlik ustoz Akbarshoh o'z natijalari bilan bo'lishdilar: pedagogika va kasb standarti bo'limidan 15tadan 14talik natija!

"BilimEra" platformasi ustozni ajoyib natija bilan tabriklaydi va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaydi!
  • 👍 3
Post #42 3.8K
Pedagog kadrlar attestatsiyasiga oz qoldi: Pedagogik mahorat va baholash markazi malaka sinovlari jadvalini e’lon qildi. Bu yilgi attestatsiya imtihonlari spetsifikatsiyalariga jiddiy o‘zgarishlar kiritilgan: masalan, ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun imtihonlar ham yangi spetsifikatsiya asosida bo‘ladi.

Spetsifikatsiyaga kora, "o‘qib tushunish" bo‘limida tekshiriladigan muhim ko‘nikmalardan biri - matnda ochiq aytilmagan ma’lumotlar, fikrlar va g‘oyalarni anglash (inference). Bu ko‘nikma nisbatan murakkab bo‘lib, maxsus tayyorgarlik va mashq qilishni talab qiladi.

Agar siz badiiy va badiiy bo‘lmagan matnlarda ochiq aytilmagan ma’lumotlar, fikrlar va g‘oyalarni anglashda qiynalsangiz, BilimEra platformasidagi maxsus mikrokurs siz uchun! Mikrokursda siz ochiq aytilmagan fikrlar va g‘oyalarni anglash uchun kerakli strategiyalarni, bu ko‘nikmani tekshirishga qaratilgan test topshiriqlariga javob berishda nimalarga e’tibor berish kerakligini o‘rganasiz. Mikrokurs ingliz tilini B1 va undan yuqori darajada biladiganlar uchun mo‘ljallangan.

Muhimi: mikrokurs bepul bo‘lib, unga yozilish va o‘rganishni boshlash uchun faqat BilimEra platformasida ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi. Platformada ro'yxatdan o'tish (akkaunt ochish) yo'riqnomasi - bu yerda.
Post #41 3.3K
Tasavvur qiling: o‘qituvchi darsga qattiq tayyorgarlik ko‘rdi, qiziq taqdimot tayyorladi, har xil pedagogik texnologiyalardan foydalandi. O‘quvchilar darsda faol ishtirok etishdi, o‘qituvchi ham xursand. Biroq bir necha darsdan keyin shu mavzu yuzasidan test olinganida ularning aksariyati mavzuning asosiy qismini eslay olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Shunday bo‘lishi mumkinmi? Bo‘lishi mumkin. Lekin dars zo‘r o‘tgan bo‘lsa, nega natija bunday?

Bu yerda muammo o‘qituvchining mahoratida emas, balki u darsni rejalashtirishda insonlar qanday o‘rganishlari haqidagi fundamental tushunchalarni hisobga olmaganida bo‘lishi mumkin. Bu haqida BilimEra blogida o‘qing.

Batafsil: https://bilimera.uz/blog/effective-lesson
  • 🔥 3
Post #39 2.15K
BilimEra platformasi foydalanuvchilarining fikrlaridan:

Shokir Tursun darslari “BilimEra” platformasida tashkil etilgani juda qulay. Darslar belgilangan vaqtda o‘tkaziladi. Agar biror sababga ko‘ra darsni o‘z vaqtida ko‘ra olmasangiz ham barcha ma’lumotlarni platformadan topish mumkin. Videodarslar, konspektlar hamda mavzuga oid testlarni ishlash imkoniyati mavjudligi o‘quv jarayonini yanada samarali qiladi. Eng qulay tomoni shundaki, istalgan payt platformaga kirib kerakli ma’lumotlarni qayta o‘rganish imkoniyati mavjud.

Malika Hasanova, Al-Xorazmiy maktabi o'qituvchisi

Darvoqe, BilimEra blogida Telegram va LMS orqali o‘rganishning asosiy farqlari haqida o'qishingiz mumkin.

"Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursi haqida batafsil ma'lumot - bu yerda va bu yerda. Platformada ro'yxatdan o'tish (akkaunt ochish) yo'riqnomasi - bu yerda. Kursga to'lov qilish yo'riqnomasi - bu yerda.
Post #37 416
"Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursiga qo'shilishga kech emasmi?

Yo'q, kech emas, chunki:

- kursning endi 2 darsi o'tdi - ko'p darslar hali oldinda;

- o'tgan darslarning video yozuvlari va boshqa materiallari (taqdimotlar, konspektlar, testlar) platformaga joylangan - darslarni ko'rish/eshitish, materiallarni o'qish va testlarni ishlab ko'rish mumkin;

- savollar tug'ilsa - platformadagi maxsus chat orqali yoki keyingi darslar davomida ustozdan so'rab olishingiz mumkin.

Kurs haqida batafsil ma'lumot - bu yerda va bu yerda.

BilimEra platformasida ro'yxatdan o'tish (akkaunt ochish) yo'riqnomasi - bu yerda.

Kursga to'lov qilish yo'riqnomasi - bu yerda.

Bu yerda esa kurs nega Telegram orqali emas, maxsus platforma (LMS) orqali tashkil qilinayotgani haqida o'qishingiz mumkin.

Tajribali pedagog va taqdiqotchi Shokir Tursun bilan pedagogik mahoratingizni oshiring va attestatsiyaga tayyorlaning!
Post #35 5.12K
"Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursi 2-darsi materiallariga 1-dars asosida test savollari joylandi. Kurs tinglovchilari platformaga kirib, 2-dars boshlangunga qadar 1-dars bo'yicha o'z bilimlarini tekshirib ko'rishlari tavsiya qilinadi.
Post #33 368
Eslatib o'tamiz, "Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursining 2-darsi bugun soat 19:30ga mo'ljallangan.
Post #31 391
BilimEra Taklif va iltimoslarni hisobga olib, "Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursining bugunga mo'ljallangan birinchi darsini ochiq qilishga qaror qildik.
"Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursining 1-darsi platformaga joylandi. Platformada ro'yxatdan o'tib, darsni tinglashingiz va dars materiallari bilan tanishishingiz, shuningdek, kurs haqida batafsil ma'lumot olishingiz va diagnostik testni ishlab ko'rishingiz mumkin. Videoda "mundarija" tugmasi sizga darsning kerakli qismlarini tez topishda yordam beradi.

Kurs sahifasi: https://bilimera.uz/course/pedagogika

Bepul materiallardan foydalanish uchun platformada ro'yxatdan o'tish (akkaunt ochish) kerak. BilimEra platformasida ro'yxatdan o'tish yo'riqnomasi - bu yerda.

Kursning keyingi darslarda qatnashish va kurs materiallaridan to'liq foydalanish uchun to'lovni amalga oshirish kerak bo'ladi. Kursga to'lov qilish yo'riqnomasi - bu yerda.

Tajribali pedagog va taqdiqotchi Shokir Tursun bilan pedagogik mahoratingizni oshiring va attestatsiyaga tayyorlaning!
  • ❤ 1
Post #30 320
BilimEra Siz bugun soat 19:30da boshlanadigan jonli darsda qatnashishingiz va dars materiallari bilan tanishishingiz mumkin.
Dars boshlandi.
Post #28 6.1K
Hurmali ustozlar!

Taklif va iltimoslarni hisobga olib, "Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursining bugunga mo'ljallangan birinchi darsini ochiq qilishga qaror qildik. Siz bugun soat 19:30da boshlanadigan jonli darsda qatnashishingiz va dars materiallari bilan tanishishingiz mumkin. Darsga BilimEra platformasi orqali yoki Zoom dasturi orqali kirishingiz mumkin. Dars materiallari bilan faqat platforma orqali tanishish mumkin.

Platforma orqali jonli darsga kirish va dars materiallari bilan tanishish uchun yo'riqnoma - bu yerda.

Darsning Zoom havolasi: https://us06web.zoom.us/j/87052195080

Kursning keyingi darslarda qatnashish va kurs materiallaridan to'liq foydalanish uchun to'lovni amalga oshirish kerak bo'ladi.
  • 👍 1
Post #25 4.83K
BilimEra "Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursining birinchi darsi uchun hamma narsani shay qilib qo'ydik:
Birinchi darsimizning boshlanishiga 7 soatcha vaqt qoldi. Jonli darsga qo'shilish uchun:

1. Platformaga (https://bilimera.uz) o'z akkauntingiz (elektron pochta va parolingiz) bilan kirasiz. Buning uchun istalgan qurilmaning (kompyuter, planshet, mobil telefon) brauzeridan foydalanishingiz mumkin. Dars paytida namoyish qilinadigan taqdimotlarni o'qish qulay bo'lish uchun kompyuter yoki noutbukdan kirishni tavsiya qilamiz.

2. "Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursiga kirasiz.

3. 1-dars materiallari ro'yxatidan "1-ma'ruza (jonli efir)" ustiga bosasiz.

Eslatib o'tamiz, kursning jonli darslari seshanba va juma kunlari soat 19:30da boshlanadi. Siz o'zingizga qulay boshqa paytda ham o'z akkauntingiz bilan platformaga kirib, dars materiallarini o'qishingiz, testlarni ishlashingiz va jonli darslarning yozuvini qayta ko'rishingiz mumkin. Masalan, bugun dars boshlanishiga qadar ham 1-darsning materiallari bilan tanishib chiqishingiz yoki (agar hali ishlab ko'rmagan bo'lsangiz) diagnostik test yordamida o'zingizni sinab ko'rishingiz mumkin.

Kurs haqida ma'lumot - bu yerda va bu yerda.

BilimEra platformasida ro'yxatdan o'tish (akkaunt ochish) yo'riqnomasi - bu yerda.

Kursga to'lov qilish yo'riqnomasi - bu yerda.

Bu yerda esa kurs nega Telegram orqali emas, maxsus platforma (LMS) orqali tashkil qilinayotgani haqida o'qishingiz mumkin.

Tajribali pedagog va taqdiqotchi Shokir Tursun bilan pedagogik mahoratingizni oshiring va attestatsiyaga tayyorlaning!
  • 👍 1
Older posts →

About this channel

How can I read @bilim_era without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for BilimEra: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does BilimEra have?
BilimEra (@bilim_era) has 147 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does BilimEra know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →