TGViewer
Bahodir Bahodir @benrov · 2.15K subscribers
Post #555 1.71K
Talaba sifatida chet elda pul topishning oson yo'li: Interpreter bo'ling!

Chet elda o'qiyotgan talabalar uchun qo'shimcha daromad topish muammosi hamma uchun dolzarb. Ko'pchilik taksi haydovchisi yoki ofitsiant bo'lib ishlashga majbur bo'lishadi. Lekin, agar siz ingliz tilini va yana bir tilni (masalan, o'zbek tilini) yaxshi bilsangiz, ayniqsa Polshada interpreter sifatida onlayn ishlab, ancha yaxshi pul topishingiz mumkin!

Bu gaplarni shunchaki aytayotganim yo'q. Biz sherigim @theroscoe1912 bilan Intercall loyihasi ustida ishlayapmiz. Bu sayt interpreterlarga suhbatlarni transkript qilishda va tarjima qilishda yordam beradigan dastur. Interpreterlarning ishini yaxshiroq o'rganish uchun sherigim interpreter bo'lib ishlab ko'rdi va qisqa vaqt ichida yaxshigina daromad topdi!

Tajriba davomida nimalarni bildik?
- Interpreter bo'lib ishlash haqiqatan ham yaxshi daromad keltirishi mumkin.
- Ish vaqti moslashuvchan, ya'ni o'qishdan bo'sh vaqtingizda ishlashingiz mumkin.
- Ko'pgina interpretation kompaniyalari AQShda joylashgan, shuning uchun shanba va yakshanba kunlari ham ishlashingiz mumkin (bu kunlari soatiga to'lov ikki barobar!).

Polshada interpreterlar uchun eng kam ish haqi soatiga 40-45 zlotidan (10-11$) boshlanadi. O'rtacha 6 soat ishlasangiz, bir oyda taxminan 2000 dollar atrofida pul topishingiz mumkin!

Eng asosiysi, bu ish orqali siz nafaqat pul topasiz, balki til bilish qobiliyatingizni rivojlantirasiz, tajriba orttirasiz va kelajakda professional tarjimon bo'lish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Savollaringiz bo'lsa, izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

P.S. Postni chet elda o'qiydigan do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang.

@bahodirajabov
  • ❤ 7
  • 👍 4
More from @benrov
  1. Oct 6, 2026my roommate raised $5.2million to build a company brain. he is 18. he just launched on lin…
  2. Sep 29, 2026Post #886
  3. Sep 29, 2026Post #885
  4. Sep 29, 2026TBPN da Sam
  5. Sep 29, 2026guess who is this legend
  6. Sep 16, 2026https://lnkd.in/p/gSm-gRiB my roommate’s company got acquired by Google Deepmind. He joine…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →