Hullas bizda yangi imkoniyat ochilyabti.
Xinux jamoasiga bitta frontenddan tajribasi bor odam kerak. Bizda ichki dashboardlar va saytimiz xinux.uz bor manashular ustida ishlagani.
Batafsil aytadigan bo'lsam.
Bu vakasiya aynan frontendan boshqa narsalarni ham sinab ko'rishni istaganlar uchun ko'proq mos keladi. Sababi kelajakda bizni asosiy stackga o'tishingiz sharti bilan olinasiz va ish davomida baravar rust yoki haskell o'rganishizga imkoniyat beriladi.
Bizni holatda o'zimizni bollar shunchaki ulgurmayabti bu ishlarni qilgani. Shu sababli frontendchi manashu vazifalarni hal etishga yordam beradi ammo ish davomida biror maintstream stackga migratsiya qilishga biz yordam beramiz. Oyligini hamma kabi olaveradi.
Endi ishga olish tartibiga kelsak.
Umuman olganda bilamizki bozorda xozir frontendchilar juda ham ko'p. Undan tashqari bizni OSS team sifatida bazi prinsplarimiz bor. Yani OSS jamoasida hamma bilan oldin ishlab ko'rib biroz tanishib kegin ishga qabul qilamiz. Vaziyatni tushungan holda vakansiyani shunchaki konkurs ko'rinishda qivorish afzal deb o'ylayabman.
Konkurs quyidagicha:
Kandidat bizni xinux.uz websaytini qayta ishlab chiqishi kerak. Shu orqali o'z ishini taklif qiladi biz variantlarni ko'rib chiqamiz, ish davomida tanishib ham olamiz va eng ohirida aynan bir kishini tanlaymiz.
Bu yerda xozirgi sayt repository: https://git.oss.uzinfocom.uz/xinux/website
Tech stack, talablar masalasiga kelsak:
Saytga markdownda turli content qo'ya olishimiz kerak. Yani xinuxda blog qismi ham bor. Demak markdown renderer kerak bo'ladi.
Server side rendering support qilishi kerak.
Typescriptda yozilishi kerak.
Framework va yana boshqacha texnalogiyalar o'zingizni tanlovingiz.
Saytda asosiy sahifalar: Blog, FAQ, Download, Support
IMPORTANT: LLM va AI asosidagi kod generatsiyalar mumkin emas!!!
Qolgan narsalar o'ginzini ijodingiz va savollar bo'lsa matrix chatda beraverasilar:
https://matrix.to/#/#xinux-distro:uchar.uz
Post #645
9