TGViewer
Azon Vaqfi Azon Vaqfi @azonvaqfi · 213 subscribers
Post #58 33.7K
Azon Vaqfi: Fotih Sulton Mehmet Universtitetida grant asosida bakalavr ta'limi!

Azon Vaqfi, Toplum Vaqfi bilan hamkorlikda olib borayotgan ta’lim faoliyati doirasida Fotih Sulton Mehmet Vaqf Universtiteti bilan bakalavr bosqichi bo’yicha yangi shartnoma imzolashga erishdi.

Ushbu shartnoma Turkiyaga boshqa davlatlardan oliy ta’lim olish niyatida kelgan talabalarga Fotih Sulton Mehmet Vaqf Universtitetining turli fakultetlariga 65%-75% gacha bo’lgan grantlar asosida o’qishga kirish hamda to'lovlarni o'qish davri mobaynida bo'lib to'lash imkonini beradi.

Bu tashabbus avvalo Turkiyada xususiy ta’lim muassasalarida o’z sohalari bo’yicha tahsil olayotgan talabalarning akademik ta’lim olishlariga imkon yaratish hamda xalqaro rasmiy maqomga ega diplom sohibi bo’lishlarini ko’zda tutadi.

Shu bilan birga Azon Vaqfi har qanday soha bo’yicha oliy ta’lim olish istagida bo’lgan nomzodlarning moliyaviy yuklarini yengillatish hamda oliy ta’lim dargohlari bilan bo’lgan muloqotlarini kuchaytirishda amaliy yordam ko’rsatishni o’zi uchun birlamchi vazifa deb biladi.

Fakultet va shartlar bilan tanishish: havolaga_bosing

Bog'lanish uchun: @azonvaqfi_tr

Telegram | Twitter | Facebook | Instagram
  • ❤ 3
  • 👍 2
More from @azonvaqfi
  1. Aug 29, 2026Azon Vaqfi pinned a video
  2. Aug 25, 2026FSM universtitetida o'z yo'nalishingiz bo'yicha grant asosida tahsil olish imkoniyati! - I…
  3. Aug 19, 2026Bolalarga moʻljallangan "Yozgi taʼtil" kursi muvaffaqiyatli yakunlandi! Azon Vaqfi hamda M…
  4. Aug 14, 2026Azon Vaqfi Turkiyada oliy ta'lim tahsili olmoqchi bo'lgan nomzodlarga bakalavr bosqichi uc…
  5. Aug 4, 2026Turkiyaning Sivas shahrida boʻlib oʻtgan "Siyer-i Nebi Külliyesi" tamal toshi qoʻyish maro…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →