Tencent Kaspi.kz’da aksiyador bo‘ldi
Xitoyning texnologik giganti Tencent Kaspi.kz aksiyalarining bir qismini sotib oldi. Bitim Baring Fintech fondi tomonidan qariyb 6 mln dona aksiyani sotish orqali amalga oshirildi.
Tencent’dan tashqari, kompaniya aksiyalarini CEO Mikhail Lomtadze va asosiy top-menejerlar, Spice Expeditions, shuningdek University of Washington va University of Wisconsin fondlari ham sotib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Tencent mintaqada allaqachon faol. 2025-yil avgust oyida kompaniya O‘zbekistonning superapp’i Uzum’ga $70 mln investitsiya kiritib, uning bahosini $1.5 mlrd’ga yetkazgan edi. Hozirda Uzum’ning bahosi $2.3 mlrd’ga yetgan.
Tencent Markaziy Osiyoda raqamli iqtisodiyotga izchil stavka qilmoqda.
@avlodventures
Post #1131
270