TGViewer
Channel Public Channel
a vida de Ifeekkhan

a vida de Ifeekkhan

@avidadeifeekkhan

Student lifestyle & Study skills
Books & Book reviews
Ifeekkhan's daily life✨🎈
@kitobees ➡️ pictures of books from me and my friends
@ifeekkhan ⬅️ bog’lanish uchun
Subscribers
725
Photos
476
Videos
70
Links
409
Recent Posts 18 shown
Post #2098 309
Suriyalik olim Abu Bilol 2011-yilda Asad rejimidan qochgan va ketar chog’i kutubxonasini uyining ichida devor bilan berkitib qo‘ygan. Nega ilmdan bunchalik qo’rqildi? Insoniyatni kelajakka yetaklay oladigan, ulkan bilim xazinasi bo’lgan bu kitoblardan nega qo’rqishdi?Javobi esa oddiy. Avtoritar hokimiyat odamlarning faqat nima qilayotganini emas, nima o‘ylayotganini ham nazorat qilishga intiladi. Birining kitobi bir fikr bolsa, mingniki ming muqolib fikr.

15 yildan beri devor ortida turgan kitoblarda qo’rquv, sukut, kurash xotirasi ko’rinadi.

#🎈
  • ❤ 18
Post #2096 531
Ertaga Bakuga ketamiz. marshrut tuzib chiqyapman.

Sog’uniyni olib ketgandim. qayta o’qiyapman.

Baki, Azarbayjan ma’nosini aytib berolishmayapti. bugun ham hamshira menga gapirishni boshlagandi darhol tarixga yuzlanamizmi desam u ham bilmadi.

kecha bir reels chiqdi. azarlar, azer tili deyish yaxshi emas. Erondagi bir qabila bo’lgan azarbayjonlilar deb gapirgan.

yana дз-ц talaffuzda ko’p ishlatishadi. aslida bu noto’g’ri degan reels ham ko’rdim. xullas savollarimga javobni bakidan olarman.

agar ular ham bilmasa, keyin o’zim qidirarman.

#🎈
  • ❤ 24
Post #2094 453
“Azarbayjonlimasmisan?”, deyishsa xursand bo’lishim kerakmi yoki shuncha til o’rganib, nihoyat birinchi imtihondan o’tdimmi deb suyunaymi, bilmay qolyapman.

bu yerda o’zimni begona his qilmayapman. olti kundirki, bu yerlardaman.

qator archa. chang yo’q. yo’llar toza.

#🎈
  • ❤ 18
Post #2093 631
Aytgancha, kitob o’qishni boshladim😝

#🎈
  • ❤ 26
Post #2092 615
3 soatlik suhbat. 1 soati ketdi. Hali yana 2 soati bor.

Ps. Bu suhbat sentabr o’rtalariga chiqadi. Biz esa oldinlab ketganmizki, meni laptopimga yozib berishini kutmasdan montajerning ish stolida redaktura qilib ketyapman.

#🎈
  • ❤ 23
Post #2089 1.02K
Bugungi mehmon bilan suhbat qilish uchun ancha ter to’kdim.

“Nega?”, “boshqa taklif qilgan mehmonlariz kabi effekt beradimi?”, “nimani gaplashamiz?”

Bilmadim. Baribir savollarni yodlab olishmaydi. Lekin nimadur chiqar.

Mehmon, Jamshid Muslimov!)

#🎈
  • ❤ 21
Post #2087 1.24K
Oldin manga ham kitoblar sovg’a qilishardi^^

Mayli, baribir bu kitoblarni o’zim ochaman😂

#🎈
  • ❤ 10
Post #2085 1.34K
Biz o’zimizni emas boshqa birovni hayotini iste’mol qilib yashayapmiz va yashaganmiz. Miya tabiatan o‘zini boshqalar bilan taqqoslashga moyil. Qo’shningiz, sinfdosh yoki uni ota-onasi va hokazo. Bu evolyutsion o’tib kelyotgan taqqoslash. Lekin ayni damda biz real odamlar bilan emas balki filtirlangan, idealizatsiya qilinayotgan hayotlar bilan taqqoslayapmiz.

Har kunimiz kichik, tez tugaydigan, miyani odatlantirib qo’yadigan zavqchalar bilan to’lib, o’zimizni hayotimiz sekin va zerikarli bo’lib ko’rinadi.
Aslida esa biz taqqoslayotgan narsamiz sahnalashtirilgan lahzalar yig‘indisi. Kimdir sayohat qilgan 10 kunini ko‘rsatadi, lekin qolgan 355 kunini emas. Kimdir muvaffaqiyatini ulashadi, lekin qo‘rquvlari va shubhalarni yashiradi. Miya esa bu farqni ajrata olmaydi u ko‘rgan narsasini “haqiqat” deb qabul qiladi.
Mana meni oling. Nega Nqedan kettim va qanday qilib NmaGapga kelib qoldim. O’lsam ham aytmayman. Faqat zo’r tomonimni va zo’r kadr ekanligimni pesh qilaveraman.
Millennial oluvchi, zoomerlar sotuvchiga aylanyapti. Iste’molchi hayot virtual tarzda davom etadi. O’zimiz yaratmaymiz, faqat tomosha qilamiz. O’zimiz yashamaymiz, “yashayotganlarni” kuzatamiz.
Eng xavflisi vaqt shunaqangi sekin o’tadiki, bir nima qilgandek ko’rinasiz ammo hech narsa qilmagan bo’lasiz.

Ko’zini och atlet. Yo’lda ko’rishamiz)))

#🎈
  • ❤ 27
  • 🤣 1
Post #2084 923
“Exit 8” ko’rganlar bormi?

Yaxshi dublyaj topolmayapman. Orginal tili ham bo’laveradi.

#🎈
  • ❤ 9
Post #2083 1.12K
Bilasiz, men redaktor bo‘lib ishlayman. Hozir trend bo‘lib turgan “hook” bilan bog‘liq videolar, ayniqsa reels ustida ham aynan men ishlayman. Xususan, “NmaGap” loyihasida.

Reels aslida oddiy ko‘ringani bilan, juda hisob-kitob bilan yasaladi. Mehmon suhbat boshida aytgan gap o‘rtaga, o‘rtada aytgan gap oxiriga qo‘yilishi mumkin. Negaki, hech kim kamera qarshisida har doim mukammal qilib, bir tekis gapirmaydi. Biz esa shu parchalar ichidan eng kuchlisini topamiz.

Eng muhimi birinchi 3 soniya. Agar shu 3 soniyada tomoshabinni yoqasidan tutib, ushlab qololmasangiz u ketadi.

Montajerlar bilan doim yonma-yon ishlayman. Ba’zida o’zim montaj qilaman. V1, V2, V3… ba’zida V5 gacha boradi. (ya’ni menga yoqmaydi va o’zgartiriladi) Har safar o‘zgartiramiz, kesamiz, qayta yig‘amiz. Oxirida esa chindan ham pishgan kontent chiqadi.

Tajribamda ikki katta loyiha bo‘lgan: NQE va NmaGap. Qizig‘i, NmaGapda ish boshlaganimda juda toza, odobli, xavfsiz joylarni kesib chiqarganman. Keyin menga biz aqlli ko’rinishimiz kerak emas deb tushuntirishgan. Odamlar ideal gaplarni emas haqiqiy, ba’zida jinni, ba’zida noqulay, lekin rost gaplarni ko‘rishni xohlaydi.

NQE’da men ko‘proq teacherni to‘g‘ri ko‘rsatishga harakat qilganman. Hatto bir safar teaser sababli meni teacherni yomon ko‘rsatdi deb o‘ylashgan. (Konsta bilan bo’lgan suhbatda) Aslida esa vaziyat shunday bo‘lgan. Suhbatda tortishuv bo‘lgan va aynan shu moment qiziq edi. Intro nima uchun intro agarda boshidan odamni tortmasa.

Shu yerda muhim nuqta bor. Kamera oldida aytilgan har bir gap bu material va bu materialni qanday yig‘ish redaktorning ishi. Gapirgan gapi uchun gapirgan odam javobgar. (Menga buni farqi yo’q) Shuning uchun suhbatga chiqqan odam bitta narsani tushunishi kerak. Mikrofonga gapirgan gapi allaqachon kontekstdan ajralishi mumkin bo‘lgan kontent.

Biz esa bitta narsaga javobgarmiz, e’tiborni ushlab turadigan, ishlaydigan reels qilish. Bugungi kontent dunyosida diqqat eng qimmat resurs. Kim uni ushlay olsa, o‘sha yutadi.

⌨️Bu redaktorning faqatgina reels yasash bo’yicha ish vazifasi edi.

#🎈
  • ❤ 30
Post #2082 872
Eugenics g’oyasi sog’lom, aqlli odamlarni ko’paytirib, zaif yoki keraksizlarni kamaytirish g’oyasi ustiga qurilgan. Ya’ni “jamiyat uchun yaroqsiz insonlarni tozalash”

Bu tarixda ayrim davlatlar siyosatiga aylanib salbiy natijalarga olib kelgan. Nega? Majburiy sterilizatsiya qilinadi (farzand ko’rish ta’qiqi) buni ketidan albatta diskriminatsiya yuz beradi va asosiysi siz o’zingizni erkin his qilolmaysiz. Negaki, oldindan tanlangan genlar inson erkinligini buzadi. Inson yaratilgan loyihaga aylanib qoladi va bu insoniylikka zid.

Inson mukammal bo’lishga majbur emas!

Siz dono bo’lsangiz, u kaltafahm bo’lishga haqqi bor. Chunki insonni majburan “to‘g‘ri” qilishga urinish aynan o‘sha xavfli g‘oyalarning boshlanish nuqtasi. Bugun “yaxshilash” degan niyat bilan boshlangan narsa ertaga “nazorat qilish”ga aylanadi. Nazorat esa asta-sekin erkinlikni siqib chiqaradi. Va bir kun kelib, inson qanday yashashi, qanday o‘ylashi, hatto kim bo‘lishigacha belgilab qo‘yiladi. Muammo shundaki, “to‘g‘ri inson” degan tushunchaning o‘zi nisbiy. Kim uchun to‘g‘ri? Qaysi mezon asosida?
Agar mezonni inson emas, tizim belgilasa unda shaxs yo‘qoladi. Fikrlar bir xil bo‘lib boradi. Turlicha qarashlar esa “xato” deb baholanadi. Aslida esa insoniyatning kuchi bir xillikda emas xilma-xillikda. Kimdir tez tushunadi, kimdir sekin. Kimdir chuqur o‘ylaydi, kimdir sodda yashaydi. Va bu kamchilik emas bu tabiiy muvozanat. Insonni majburan o‘zgartirishga urinish o‘rniga, uni tushunishga harakat qilish kerak. Chunki tushunilgan inson rivojlanadi, majburlangan esa faqat bo‘ysunadi. Bo‘ysunadigan jamiyat kuchli ko‘rinishi mumkin, lekin o‘ylaydigan jamiyatgina haqiqatan rivojlanadi.

#🎈
  • ❤ 16
Post #2081 830
Bahorda naushnik taqmang. Musiqa tinglamang. Bahordan, shamolidan rohatlaning. Hudo hayringiz bersin!

#🎈
  • ❤ 37
Post #2078 2.02K
Older posts →

About this channel

How can I read @avidadeifeekkhan without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for a vida de Ifeekkhan: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does a vida de Ifeekkhan have?
a vida de Ifeekkhan (@avidadeifeekkhan) has 725 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does a vida de Ifeekkhan know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →