TGViewer
ARTICLES 365 | Muratovich ARTICLES 365 | Muratovich @articles365 · 85.8K subscribers
Post #12077 8.8K
ARTICLES 365 | Muratovich 🧠 #MINIARTICLE Why can coming home after an adventure feel strange? Imagine spending months travelling, exploring new places, living without your usual routine, and experiencing life in a completely different way. Then, suddenly, you come home. Your room…
✈️ SAYOHAT QILING!

Kanalimda ko‘pchilik yoshlar, hayot yo‘lini endi qurayotgan insonlar bo‘lgani uchun hali sayohatga chiqmaganlar anchagina orangizda, deb o‘ylayman.

Lekin imkon topilishi bilan tezroq sayohat qiling. Iloji boricha chet elga boring. Yangi madaniyatlarni ko‘ring, yangi muhitni his qiling.
Va ishoning, siz o‘zgarasiz.

Hozircha 5 ta mamlakatda bo‘lgan bo‘lsam ham, har bir sayohatdan keyin insonning dunyoqarashi o‘zgarishini his qilganman. Yangi g‘oyalar, yangicha rejalar va ilgari xayolingizga ham kelmagan imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

Chunki siz faqat yangi joylarni ko‘rmaysiz — o‘zingizni ham yangidan kashf qilasiz.

Balki shu paytgacha siz uchun imkonsizdek tuyulgan narsalar boshqa insonlar uchun oddiy hayot tarzi ekanini ko‘rarsiz. Balki yangi biznes g‘oyasi yoki hayotingizni o‘zgartiradigan biror maqsad aynan safar davomida paydo bo‘lar.

Shuning uchun ham yoshlikda faqat pul topish, o‘qish yoki ishlash bilan cheklanib qolmang. Imkon qadar ko‘proq joylarni ko‘ring, yangi insonlar bilan tanishing va tajriba orttiring.

Dunyo siz o‘ylagandan ancha katta! 🌍

@articles365
  • ❤ 82
  • ⚡ 15
  • ❤‍🔥 12
  • 🔥 8
  • 🐳 3
  • 🏆 3
  • 👍 2
  • 🕊 2
  • 😍 2
  • 😇 2
More from @articles365
  1. Oct 10, 2026365 Magazineda 30 ta qanday mavzuda maqolalar bo'ladi❓ 1-Psychology 2-Travel 3-Relationshi…
  2. Oct 10, 2026365 Magazine dagi maqolalarni kanaldagi maqolalardan FARQI QANDAY❓ Farqlari: 1. Tizim bor…
  3. Oct 10, 2026365 Magazine o'zi nima❓ Bu intelektual jurnal🧠📖 -Har oy 30 xil eng aktual mavzuga 30 ta…
  4. Oct 10, 2026Tayyor turing❗️ Bugun kun davomida 365 magazine yangi soni ARTICLES for IELTS/CEFR kitobim…
  5. Oct 10, 2026🤩SUPER CHEGIRMA kutayotganlar bormi? O’tgan oy oxirida 365 jurnallarimizga super chegirma…
  6. Oct 9, 2026Maqolalarimiz o'qimagan IELTS 7+ olomasin🤲😁
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →