Turib turib, ancha oldingi videoimni ko'rib qoldim.
Va boshqacha eshitilishi mumkin lekin, ajablantirdi...!
Gap oldin soqol bilan yurganim yoki hozir unday emasligi haqida emas. Balki, odamdagi ko'nikish instinkti haqida.
O'z qarichlarimiz bilan o'lchagan qoidalarimizda ko'pincha man bunday qilmayman, bunaqa bo'lolmayman kabi shaxsiy qonunlarimiz bo'ladi.
Ajablanarlisi esa vaqt ko'p hollarda bu qonunlarni shunchaki yo'qqa chiqarib yuborishi va ko'nikish hisini tushuntirib qo'yishi bo'ldi.
Vaqt da'vo deyishardi va qandaydir ma'noda balki bu gap haqlidir, lekin ko'pincha vaqt davolaganini emas ko'niktirganini guvohi bo'ldik.
Xulosa esa ba'zida biz uchun g'ayrioddiy ko'ringan narsalarga vaqti kelsa indamay ko'narkanmiz. Shunaqa ekan, juda ko'p o'ylash ham shart emas manimcha!)
@archibukharovv
Post #264
9
Archi.Bukharov Video message