TGViewer
AHBS | Alisher Kasimov’s Blog AHBS | Alisher Kasimov’s Blog @app_hbs · 506 subscribers
Post #38 3.75K
​​Dasturlash Fenomeni

Hech Sizda savol paydo bo'lganmi: Nima uchun dasturlash tillari buncha ko'p? Nima uchun avval murakkab deb sanalgan yo'nalishga hozir hamma o'tib ketmoqda? Bu aslida juda qiziq va fundamental savol. Python, JavaScript, Java, C# va hokazo. Ularning sonini o'nta odamning qo'lida ham sanab sig'dirib bo'lmaydi. Markazlar ko'p, o'rganmoqchi bo'lganlar esa undanda ko'p. Qizig'i, hamma bemalol o'rganib ketmoqda. Axir, avval bu yo'nalish haqiqatdan ham murakkab muhandislik yo'nalishi edi. Uni duch kelgan odam o'rgana olmagan. Hozir esa xatto maktab bolasi ham yarim soat "YouTube'da o'tirsa" bitta kalkulyator dasturini yozib bera oladi. Buning sababi nimada?

Tahminan 1970-yillargacha istalgan dasturiy ta'minot qirilma tilida (machine code) yozilgan. Bu til odatda ikkilik sanoq sistemasida bo'lgan. Albatta machine code'ni dasturlash tili deb ham atab bo'lmasdi. Lekin hammasi Alfred V. Aho va Jeffrey David Ullman tomonidan ishlab chiqilib, mukammalashtirilgan tarjimon dasturidan keyin o'zgargan. Ushbu tarjimon dastur – kompilyator deb ataladi.

Aynan shu kichik dastur butun dasturlash amaliyotini tubdan o'zgartirib, dasturchining kompyuter bilan bo'ladigan muloqotini yangi darajaga chiqargan yuborgan. Keling hozir aynan shu o'zgarishlar haqida gaplashsak:

1. Kompyuter qurilmasini bilish shart emas. Dasturchi kodni yozish va ishlatish vaqtida kompyuter ichki qurilmalarining qanday ishlashini bilmasligi mumkin. Dasturning xotiradagi ishlash tartibi; protsessor ichidagi amaliyotlar; ekranga ma'lumot uzatilish algoritmlari. Bularning hammasini kompilyator berkitib yuboradi. Kodni to’g’ri yozsa bo’ldi. Qurilma esa xuddi yo’qdek bo’ladi.
2. Takrorlanishlar. Dasturchi takrorlanuvchi kodni bir martagina yozib, uni for, while yoki do...while kabi operatorlar ichiga olib qo'yaveradi. Haqiqiy takrorlanish operatsiyasini kompilyator o'zi kompyuterga to'g'ri buyurib beradi.
3. Dasturni bo'laklarga bo'lish. Funksiya, protsedura kabi tushunchalar kompyuterga yot hisoblanadi, ammo uni dastur kodida dasturchi har qadamda yozadi. Kompilyator o’z o’rnida har funksiya (protsedura) chaqirilganida kerakli kodni qo’yib natijani tarjima qiladi.
4. OOP, Functional Programming. Odamzod kod oson bo’lishi uchun obyektlar dunyosini o’ylab topib, dasturlash jarayonini mantiqan tushunarli va hayotiy bo’lishiga harakat qiladi, ammo protsessor bu narsalarni umuman tushunmaydi. Unga faqat 0 va 1 berish kerak. Biz yozaveramiz, kompilyator esa hamma yozganimizni sodda bo’lgan 0 va 1ga aylantiradi.

E’tibor bergan bo’lsangiz Kompilyator juda muhim dastur ekan. Istalgan yangi til o’ylab topilishi, istalgan odamning dasturlashga kirishini osonlashishi; istalgan texnologiyaning asosini bilmay kod yozish mumkinligi aynan Kompilyatorning xizmati bilan bo’lar ekan.

Ana shu katta hodisani — Dasturlash Fenomeni deb nomlasa bo’ladi.

Ilm izlashdan to’xtamang!
@app_hbs
  • 👍 54
  • 🤯 3
  • 🤔 2
More from @app_hbs
  1. Oct 13, 2024https://www.youtube.com/watch?v=b28zbsnk-48
  2. Sep 17, 2024🎉 Siz kutgan kurs taqdimoti Yangilangan Dasturlash foundation kursimiz taqdimotiga atigi…
  3. May 11, 2024https://alisherkasimovv.medium.com/406c7c14ba82
  4. Apr 21, 2024Bu rasm AI tomonidan generatsiya qilingan. [Havola]
  5. Mar 9, 2024Kompilyatsiya va interpretatsiya nima? [II QISM]. Kompilyator tarkibi #coremavuzlar https:…
  6. Nov 21, 2023Biz qoloq bo’lib qolaveramiz Bir necha kunlar oldin coremavzular turkumida yangi maqolalar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →