Daraxt bargi nega yashil rangda?
Hech shu savol bilan qiziqib ko’rganmisiz? Nima uchun yashil? O’zi umuman olganda rang tushunchasi qanday paydo bo’ladi?
Umuman bu savol haqida oramizdan hech qaysi birimiz yaqin orada o’ylanib ko’rmaganimiz tabiiy hol. Lekin tasavvur qiling Sizga shu savol bilan murojaat qilishdi. Sizning birinchi javobingiz qanday bo’ladi?
Kuni kecha bir dasturlash dunyosida yaxshi tajribaga ega odam bilan suhbatlashib qoldik. Ular bir fikrni aytdilar:
“Rus dasturchi bola bilan o’zbek dasturchi bolaning nima farqi bor deb o’ylaysizlar? Bilim darajasidami? Yo’q, bilim saviyasi bir. Umuman olganda ularning professional bilimlari orasida farq yo’q. Lekin nima uchundir istalgan kompaniyada ko’pincha rus bolasiga yon bosish kuzatiladi. Nima uchun deb o’ylasiz?
Sababi juda oddiy! Bizning bolada qiziquvchanlik yo’q. Agar unga ‘Daraxt bargi nega yashil rangda?’ — deb savol bersangiz, ko’p hollarda uning javobi ‘Bilmayman!’ — bo’ladi.
Rus bolasi shu holatda Google’dan qidirib topib bo’lsa ham javobini aytadi. Aksar hollarda esa, u savollarga javobni oldindan biladi.
Nima uchun bunday? Qiziquvchanlik! Rus bolasi hamma narsaga qiziqib ko’raveradi, o’zbek bolasi esa bu ishni qilishni xohlamaydi. Erka-da!”
Albatta, bu gaplar bilan men hammani shunday demoqchi emasman. Lekin ishga kira olmayotgan do’stlarimiz bir o’zlariga nazar solib ko’rishlarini xohlar edim. Ilm dunyosi juda qiziqarlidir, uni o’rganish, izlanib savollarga javob topish esa undanda qiziqarlidir.
Qiziquvchanligingizni oshiring! Shu Sizni boshqalar oldida ustun qiladi!😉
@app_hbs
Post #18
3.26K