🍈
Marketingda xato qilishdan qo'rqmang!Agar tadbirkor bo'lsangiz, marketologning ishlamagan ideasi uchun uni ayblamang!
Agar marketing sohasida ishlasangiz, natija bermagan g'oyalaringiz uchun o'zingizni aybdor his qilmang!
Marketingda ko'plab rejalar tuziladi va ularning qanchalik samara berishi doimiy o'lchanadi. Eng foydali rejalar amaliyotda qoladi va kengaytiriladi! Ish bermaganlari esa tahlil qilinib, xulosalari yaxshiroq idea qilishda foydalaniladi.
"Marketolog xohlaganicha pulini ko'kka sovurishiga imkon bering" demoqchi emasman ❌
Reklama kampaniyalariga katta xarajat qilishdan avval bir necha bosqichli tadqiqotlar orqali uning qanchalik samara berishini aniqroq taxmin qilib olish kerak!
⚠️ Bu postdan xulosa:Marketingdagi har bir reklama kampaniyasini sinov o'rnida ko'ring! Foyda bersa byudjetni oshirib, yanada takomillashtirib borasiz, foyda bermasa analiz qilib, xatolarini keyingi kampaniyalarda takrorlamaslik uchun yig'ib borasiz!
Tepada yozilgan marketing tadqiqotlari haqida ham post chiqishini xohlasangiz "⚡️" reaksiya qoldiring!
t.me/Anjancha_marketing