TGViewer
Channel Public Channel
ANIM CAMP

ANIM CAMP

@animcamp

✨ Animatsiya lagerining rasmiy sahifasi
Subscribers
72
Photos
79
Videos
20
Links
34

Showing posts older than #83 · Back to latest

Older Posts 7 shown
Post #82 215
📹 "Orol dengizi"

⚡️Sevinch Alijonova, Ubaydullo Hamidov, Shoxrux Abdivaxobov va Qahramon Ahmadjon ushbu videoda AI vositalari orqali Orol dengizining o’tmishi va bugunini tasvirlab, dolzarb jihatlarni yoritib berishga harakat qilishdi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
  • ❤ 4
  • 👍 2
  • 🔥 2
Post #81 201
📹"Mirzo Ulugʻbek"

⚡️ Sevara Axmadova, Shaxzoda Avalboyeva, Sevinch Jamolova va Sarvinozbonu Soatova ushbu videoda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanib, tarixiy jarayonlarni zamonaviy formatda ifodalashdi

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 🥰 1
  • 👏 1
  • 😁 1
Post #80 170
🤖 ANIM CAMP 2025’da sun’iy intellektga alohida e’tibor qaratildi.

Camp davomida AI yo‘nalishi eng faol o‘rganilgan va eng ko‘p savol tug‘dirgan sohalardan biri bo‘ldi. Ishtirokchilar bu texnologiyaning qanday ishlashi, u orqali kontent yaratish jarayoni va ijodiy imkoniyatlari bilan tanishishdi.

👨‍💻 Mashg‘ulotlar yuqori tajribaga ega mutaxassislar tomonidan olib borildi. Har bir dars interaktiv tarzda o‘tib, qatnashchilar amaliy topshiriqlarni mustaqil bajara oldilar.

🎥 Natijada, ishtirokchilar o‘zlari tanlagan mavzu asosida — tarix, ekologiya yoki dolzarb ijtimoiy masalalar haqida — sun’iy intellekt yordamida qisqa videolar tayyorlashdi.

💎 Eng faol ishtirokchilarga Let’s Animate tomonidan — 1,5 million so’m miqdorida ta’lim vaucherlari taqdim etildi.

Quyida — ushbu ishlardan bir nechtasi. Ko'ring va baho bering
👇🏻

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
  • 👍 2
  • ❤ 1
Post #75 230
⚡️5-kun doirasida campda Erkin Bozorov bilan madaniy va motivatsion uchrashuv tashkil etildi.

🗣 Uchrashuv kreativ va samimiy atmosferada o‘tdi. Suhbat davomida ijod, hayotda o‘z yo‘lini topish, ishonch va ichki intizom haqida fikrlar almashildi.

📖 Erkin Bozorov tomonidan o‘qilgan motivatsion she’rlar esa uchrashuvga alohida ruh va ilhom bag‘ishladi. Ishtirokchilar bu lahzalarni katta e’tibor bilan tinglab, faol muloqotda bo‘lishdi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
  • 👍 3
  • ❤ 1
  • 🔥 1
Post #72 196
🔥 ANIM CAMP 2025 da portfolio tahlili sessiyasi bo’lib o’tdi

Sessiya davomida United Soft a’zolari Begzod Fayozov va Lazizxon G‘aniyev ishtirokchilar bilan yakka tartibda ishlashdi.

📌 Ular taqdim etilgan portfoliolarni ko‘rib chiqib, qatnashchilarning kuchli va rivojlantirilishi kerak bo‘lgan jihatlari yuzasidan fikr va tavsiyalar berishdi.

Bunday tahliliy uchrashuvlar ishtirokchilar uchun o‘z ishini professional ko‘z bilan ko‘rib chiqish, tajriba almashish va o‘sish imkoniyatlarini anglashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qilishiga ishonchimiz komil 🙌🏻.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
  • 👍 3
  • 🔥 3
Post #68 164
ANIM CAMP 2025 doirasida o‘tkazilgan 3D animatsiya darslaridan lavhalar ✨

Doston Ravshankulov va Javohir Kamolovlar tomonidan o’tkazilgan mashg‘ulotlar interaktiv shaklda tashkil etilib, ishtirokchilar jarayonda faollik bilan qatnashdilar.

🧩 Ishtirokchilar animatsion harakatni tuzish, harakat orqali xarakter yaratish kabi ko‘nikmalar ustida ishlashdi. Interaktiv yondashuv esa ushbu darslarni nafaqat samarali, balki qiziqarli va esda qolarli qildi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
  • 👍 3
  • 🔥 1
Post #62 196
🎭 ANIM CAMP 2025 da — Cultural Day ( Madaniyatlar kuni)

4-kun yakunida ishtirokchilar tomonidan o‘tkazilgan Cultural Day tadbirida O‘zbekistonning turli hududlariga xos madaniy rang-baranglik namoyish etildi.

🪢 Dastur davomida ishtirokchilar an’anaviy kuy-qo‘shiqlar, raqslar, liboslar va urf-odatlar orqali mamlakatning har xil hududlariga xos elementlarni ijodiy tarzda sahnalashtirdilar.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
  • 🔥 2
  • 👍 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →