TGViewer
Channel Public Channel
ANIM CAMP

ANIM CAMP

@animcamp

✨ Animatsiya lagerining rasmiy sahifasi
Subscribers
73
Photos
79
Videos
20
Links
34

Showing posts older than #41 · Back to latest

Older Posts 6 shown
Post #37 156
🤩 ANIM CAMP 2025’ning 3-kuni Lola Animation jamoasi Shuhrat Asaev, Muhammadmuso Yuldashev va Ikrom Karimovlar bilan layout mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi.

🔧 Ishtirokchilar sahna tuzilmasini rejalashtirish, kompozitsiya, kamera rakurslari va kadrga animatsion harakatlarni to‘g‘ri joylashtirish bo‘yicha asosiy tamoyillarni o‘rgandilar. Vizual hikoya aytishda layout’ning ahamiyati, ritm va fazoviy tafakkurni to‘g‘ri qurish bo‘yicha ko‘plab amaliy misollar ko‘rib chiqildi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
  • 👍 3
Post #36 379
🤩 ANIM CAMP 2025ning 3-kunida United Soft, Lola Animation va Media Housedan tashrif buyurgan o‘z ishining ustalari mehmon spikerlar sifatida ishtirokchilar bilan tajriba almashdi. Uchrashuvlar davomida kasbiy yo‘l, sanoatdagi tendensiyalar va ijodiy yondashuvlar haqida fikrlar berildi.

🎯 O‘quv mashg‘ulotlari bilan bir qatorda interaktiv o‘yinlar va guruh faoliyatlari ham tashkil etilmoqda. Bu esa camp muhitini yanada ijodkorona va samarali saqlashga xizmat qilmoqda.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
  • 👍 3
Post #33 162
🧠 ANIM CAMP 2025 doirasida o‘tkazilgan Quiz shou — dam olish va o‘qishning muvaffaqiyatli uyg‘unlashgan ko‘rinishi bo‘lib, camp ishtirokchilari uchun unutilmas tajriba bo‘ldi!

📊 Bellashuvda jami 29 ta jamoa qatnashdi. Har bir bosqichda jarayon yanada qizg’inlashib, jamoalar o‘zaro kuchli raqobat olib bordi. Muhit hayajonli, savollar esa har doimgidek noodatiy va qiziqarli bo‘ldi.

🥇 G‘oliblikni “Qiziq emas” jamoasi qo‘lga kiritdi — ular umumiy ballar bo‘yicha barcha bosqichlarda yetakchilikni saqlab qoldi va finalda yuqori natija ko‘rsatdi

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
  • 👍 3
  • ❤ 1
Post #31 146
🎬 ANIM CAMP 2025 doirasida rejissor Shoxrux Rasulov (Specture Studio) ishtirokida “Kinoda animatsiya va kompyuter grafikasining ro'li” mavzusida qizg'in suhbat bo‘lib o‘tdi.

🎙 Uchrashuvda Rasulov zamonaviy kinoning vizual kuchi, CGI va animatsiya orqali tasviriy ifoda imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi. Yoshlarga bu sohada ishlashning ichki mexanizmlari, texnologik jarayonlar va kreativ qarorlar haqida foydali maslahatlari bilan bo'lishdi.

💡 Ishtirokchilar sahna orti jarayonlari, animatsion sahnalarning rejalashtirilishi va rejissura nuqtayi nazaridan grafik elementlarning roliga doir eksklyuziv ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Bu uchrashuv – ijodiy qarashlar va professional tajriba almashinuvi maydoniga aylandi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
  • 👍 3
Post #27 145
🎨 ANIM CAMP 2025 doirasida Tasnif Group asoschilaridan biri va motion dizayner Abdulaziz Hamidjonov ishtirokida navbatdagi professional uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🌀 Uchrashuv davomida motion dizaynning o‘ziga xos jihatlari, tendensiyalari va amaliy jarayonlari haqida so‘z yuritildi. Dizayn va harakat uyg‘unligi orqali kontentga jon kiritish, brend vizualini kuchaytirish va auditoriyani jalb etish usullari haqida aniq misollar bilan fikr bildirildi.

🎯 Ishtirokchilar real loyihalar asosida motion dizayn konsepsiyasi, texnik platformalar va kreativ yechimlar haqida foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
  • 👍 2
  • 🔥 1
Post #21 157
🌿Global Animation kompaniyasidan “Yashil Makon” multfilmi asoschilari Muhammadjon Ismoilov hamda Sobirov Botirjonlar ishtirokida animatsiya mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🌟 Muloqot davomida ishtirokchilar animatsiya olamiga oid asosiy tushunchalar, multfilm ishlab chiqarishning texnik va ijodiy jihatlari bilan yaqindan tanishishdi. Multfilm janri, syujet qurilishi, xarakter yaratish va harakatlantirish texnologiyalari yuzasidan amaliy bilimlar muhokama qilindi.

🎯 Ishtirokchilar real loyihalar asosida motion dizayn konsepsiyasi, texnik platformalar va kreativ yechimlar haqida foydali bilimlarga ega bo’lishdi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
  • 👍 3
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →