🕌JUMA NAMOZI VAQTIDA JAMOAT XAVFSIZLIGI TA’MINLANMOQDA
Andijon viloyati hududidagi masjidlarda juma namozi munosabati bilan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish hamda masjidlar oldida tirbandliklarning oldini olish maqsadida Ichki ishlar organlari xodimlari, xususan, Yo‘l-patrul xizmati xodimlari xizmatga jalb etildi.
Xizmatga jalb qilingan xodimlar uchun xizmat oldi yo‘riqnomalari o‘tkazilib, ularga jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va transport vositalarining tartibli harakatlanishini tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Asosiy maqsad — fuqarolarning ibodatlarini emin-erkin ado etishlari uchun munosib sharoit yaratish hamda yo‘llarda xavfsizlik va tartibni ta’minlashdan iborat.
Andijon viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati
Post #44117
621










- 🔥 1