⭕️O‘zbekistonda eng kamida 68 nafar bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha boshlangan sudning navbatdagi majlisida jabrlanuvchilar tovon puli uchun milliardlab so‘rayotgani aytilib, ularga to‘lanishi lozim bo‘lgan tovon pulining miqdorini aniqlashtirish uchun sug‘urta xodimlarini sudga taklif qilish so‘raldi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” jurnalisti ma’lumot berdi.
🌐Sudya bu iltimosnomani tinglar ekan, nima uchun aynan sug‘urtadan, degan savolni berdi. “Chunki vafot etganlarga qancha tovon puli to‘lanayotgani haqidagi ma’lumot faqat sug‘urtada bo‘ladi”, dedi advokat.
🚫Sudlov hay’ati raisi tomonlar fikrini so‘rab chiqqach, sud joyida ajrim qilganini va iltimosnomani rad etganini ma’lum qildi
@ANATOMICUS
Post #6461
7.73K

- 👍 10
- 👏 3
- 😁 1