🇺🇿O'zbekiston Markaziy Osiyoning har tomonlama lideri
Qaysidir tomonlama lider bo'lmasa, tez fursatlarda lideri boʻladi.
Ishlab chiqarishning barcha jabhalari, savdo sotiq, kreativ, ilm-fan, dasturlash va sun'iy intellekt ...
Oxirgi paytda ko'rayotganim hamma yo'nalishlar bo'yicha diplomatik, strategik fikrlash bilan o'zbek xalqi, tadbirkorlari, yoshlari regionda liderlikni ko'rsatyapti.
Agar siz ham ishlab chiqaruvchi, tadbirkor yoki IT kompaniya bo'lsangiz oʻz produktingiz, servisingizni уже O'zbekiston uchun emas, kamida Markaziy Osiyo regioniga fokus qiling!
Oxirgi yillarda yurtboshimizning diplomatik sa'yi harakatlari, qo'shnilar bilan aloqalarni yaxshilash, tadbirkorlar uchun yanada qulay muhit yaratib berildi.
Natijada O'zbekistonning produkt va mutaxassislarini juda hurmat bilan kutvoladigan bo'lishgan.
Xususan, biz shu kunlarda millatimizga, siyosatimizga mos, yelkadosh bo'laylik deb qo'shni mamlakatlarga o'z xizmatlarimizni olib kirish ustida hamkorlik o'rganishlari va muzokaralarini o'tkazayapmiz.
Va bizni juda iliq kutib olishayotganini guvohi boʻlyapmiz.
Erishilayotgan bu yutuqlar, albatta, mustaqilligimiz, mehnatkash xalqimiz va muhtaram yurtboshimiz tufaylidir.
Yashasin O'zbekiston, Yashasin O'zbek xalqi! 🕊
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi barchangizga muborak bo'lsin!
🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
@AmonOdooer
Post #1300
771
- 👍 7
- 🔥 4