📖 QUR’ON MUSOBAQASI 2026
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!
🇬🇧🇺🇿 Al Xorazmiy Markazi tomonidan Buyuk Britaniyadagi o‘zbek yoshlari o‘rtasida ilk bor Qur’on Musobaqasi tashkil etilmoqda!
🤲 Rasululloh ﷺ dedilar:\
“Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur’onni o‘rgangan va uni o‘rgatganlaringizdir.”\
(Imom Buxoriy rivoyati)
Musobaqaning maqsadi — Qur’oni Karimni o‘rganayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va mahoratini yanada oshirish hamda Buyuk Britaniyadagi yurtdoshlarimizni Qur’on atrofida birlashtirishdir.
👥 ISHTIROKCHILAR
Musobaqada quyidagi yosh toifalaridagi yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Musobaqa 3 guruh bo‘yicha o‘tkaziladi:
1. Qizlar va ayollar
- 1 pora — 8–14 yosh
- 1 pora — 15–24 yosh
2. Murattab bo‘lmagan qori o‘g‘il bolalar
- 1 pora — 8–14 yosh
- 1 pora — 15–24 yosh
3. Murattab qori o‘g‘il bolalar
- 30 pora (to‘liq Qur’on) — 25 yoshgacha
Ro'yxatdan o'tish uchun soʻnggi kun: 30-sentabr 2026-yil\
Tadbir sanasi: 31-oktabr 2026-yil
📍 Manzil: Hamptons Sports and Leisure (https://share.google/ldqZ0ecNQBdnHvJCh)\
Tydemans, Great Baddow, Chelmsford CM2 9FH (https://share.google/ldqZ0ecNQBdnHvJCh)
🌐 Musobaqa haqida batafsil ma’lumot, yo‘nalishlar, yosh toifalari, qoidalar va ro‘yxatdan o‘tish uchun:\
https://alkhorezmi.uk/events/quran-competition-2026#register
Bizning Telegram Kanalimiz\
🔗https://t.me/AlKhorezmiGroup
📞 Savollar uchun: +44 7542 838158
🌙 Qur’on atrofida birlashamiz!
🤝 Tadbir barcha uchun ochiq!\
Bu nafaqat musobaqa, balki Buyuk Britaniyadagi o‘zbek hamjamiyati uchun umumiy uchrashuv va birgalikda vaqt o‘tkazish imkoniyatidir. Musobaqada qatnashmaydigan yurtdoshlarimizni ham oilalari bilan kutib qolamiz.
🍽 Tadbir davomida ovqat va ichimliklar taqdim etiladi.\
Tadbirda qatnashish, jumladan ovqat va ichimliklar bepul. Tadbir va markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni istaganlar uchun ixtiyoriy ehsonlar mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
Yoshlarimizning Qur’oni Karimga bo‘lgan muhabbatini qo‘llab-quvvatlaylik va ularni ezgu yo‘lda rag‘batlantiraylik.\
Barchangizni Qur’on Musobaqasida kutib qolamiz!
🇬🇧🇺🇿 Al Xorazmiy Markazi
Post #337
833
- 👍 6
- 🔥 6
- ❤ 4