Yaxshi algoritm materiallarining aksariyati ingliz yoki rus tilida. AlgoYo'l - algoritmlarni o'zbek tilida o'rganish va bellashish platformasi. Faqat darslar emas: haqiqiy judge, jonli duellar va reyting.
🗺 15 ta yo'nalish, 241 ta bosqich - dasturlash asoslaridan ilg'or algoritmlargacha (0 → 2100+)
🧭 Qayerdan boshlashni bilmasangiz, placement test darajangizni aniqlaydi.
💻 Kod brauzerning o'zida yoziladi - hech narsa o'rnatish shart emas.
✅ Platformadagi har bir dars, masala va duel qoidasi shu tayyorgarlik tajribasidan chiqqan. Darslarni ro'yxatdan o'tmasdan ham o'qishingiz mumkin.
🔄 Har bir bosqich 4 qadamdan iborat:
1️⃣ O'rganing - dars, C++ va Python kodlari, keng tarqalgan xatolar
2️⃣ Tekshiring - qisqa test; 70% dan kam bo'lsa, nazariyaga qaytasiz
3️⃣ Yeching - haqiqiy judge: yashirin testlar, vaqt va xotira cheklovi
4️⃣ Bellashing - jonli duel: 30 daqiqa, 3 masala, Elo reyting
👥 Kim yaratmoqda?
Bu loyiha Nodex kiberxavfsizlik klubi, IT vazirligi (Presidency) jamoasi a'zolari va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari o'rtasida hamkorlikda tashkil qilinmoqda:
Ozodbek Xaydaraliyev
• Al-Xorazmiy xalqaro matematika va informatika olimpiadasi — kumush
• Info Cup 2025 — bronza
• STEM Republic — 1-o'rin va ikki marta 3-o'rin
• MSITF — 2-o'rin
Muxammadali Ubaydullayev
• Asosiy fan olimpiadasi — 1-o'rin
• Info Cup 2025 — bronza
• Al-Xorazmiy xalqaro matematika va informatika olimpiadasi — bronza
• Digital Generation contest, respublika bosqichi — 2-o'rin
🔗Platforma haqida batafsil ma'lumot olish uchun: @Algoyol | algoyol.uz
