TGViewer
Ajou University in Tashkent Ajou University in Tashkent @ajou_uz · 3.64K subscribers
Post #5010 1.13K
Adju universiteti va Shanxay biznes maktabi o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bugun Toshkent shahridagi Adju universitetiga Shanxay biznes maktabi vitse-prezidenti Lao Xiaoyun rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolari universitet rektori G‘ayrat Muratov bilan uchrashib, ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda talabalar almashinuvi, yozgi va qishki ta’lim dasturlarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar uchun treninglar o‘tkazish, biznes va marketing sohasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish, iqtisodiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tomonlar xalqaro dasturlar doirasida qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va taqdim etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishlardagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Adju universiteti va Shanxay biznes maktabi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Adju — xalqaro hamkorlik, yangi imkoniyatlar va global ta’lim sari!

➖➖➖

Между Университетом Аджу и Шанхайской школой бизнеса налаживается новое сотрудничество.

Сегодня Университет Аджу в городе Ташкент посетила делегация во главе с вице-президентом Шанхайской школы бизнеса Лао Сяоюнь.

Члены делегации встретились с ректором университета Гайратом Муратовым и обсудили перспективы развития взаимовыгодного сотрудничества между двумя учебными заведениями.

На встрече особое внимание было уделено вопросам обмена студентами, организации летних и зимних образовательных программ, проведения тренингов для профессорско-преподавательского состава, совместных исследований в сфере бизнеса и маркетинга, а также подготовки аналитических материалов по различным направлениям экономики.

Кроме того, стороны договорились о сотрудничестве по разработке и представлению совместных проектов в рамках международных программ.

По итогам встречи была достигнута договоренность о подписании меморандума о сотрудничестве между Университетом Аджу и Шанхайской школой бизнеса с целью укрепления взаимодействия в данных направлениях.

Аджу — навстречу международному сотрудничеству, новым возможностям и глобальному образованию!

Пресс-служба университета
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
  • ❤ 12
More from @ajou_uz
  1. Sep 23, 2026👍🇰🇷 Toshkent shahridagi Adju universitetida Koreya Respublikasining milliy bayramlarida…
  2. Sep 22, 2026🚀 Katta g‘oyalar muloqotdan boshlanadi. ✨ Darslar orasidagi tanaffus — shunchaki dam olis…
  3. Sep 21, 2026🌐 Kelajak ta’limi — inson tafakkuri va sun’iy intellekt uyg‘unligida! 👍 Toshkent shahrid…
  4. Sep 18, 2026Post #5007
  5. Sep 18, 2026Post #5006
  6. Sep 18, 2026🎈 Bir oqshom — ikki avlod, unutilmas lahzalar! 🎓 Bitiruvchilar uchun — talabalik yillari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →