🌟 “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasidagi “Milliy tanlov”ning “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi” nominatsiyasi g‘oliblari malaka oshirish dasturini yakunladilar
➡️ Dastur davomida ishtirokchilar Xitoyning Shenchjen shahrida ilg‘or ta’lim tizimi bilan tanishib, zamonaviy maktab va oliy ta’lim muassasalariga tashrif buyurdilar;
➡️ Huawei va ZTE Corporation kompaniyalarining bosh ofislari hamda inno-markazlarida SI, telekommunikatsiya, bulutli texnologiyalar, Smart Manufacturing va raqamli transformatsiya yo‘nalishlaridagi ilg‘or tajribalarni o‘rgandilar;
➡️ Xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashish orqali ta’limda SIdan foydalanish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ldilar.
🗓 Ma'lumot uchun: Malaka oshirish dasturi 25-iyuldan 1-avgust kuniga qadar davom etdi.
❕ Siz ham keyingi yilda g'oliblar qatorida bo'lishni istasangiz, hozirdan – 🌟 aileaders.uz saytida sun'iy intellekt va ITga oid kurslarni o'rganib, loyihada faol bo'ling!




