#Saqlab_qòying
🍋 LIMONNI UY SHAROITIDA UZOQ MUDDATGA SAQLASH
🍋🟩 Limon bir yilda bir necha bor gullagani uchun uning mevalari ham turli vaqtda yetiladi. Dastlabki gullardan tugilgan mevalar sentabr oyining oxiri va oktabr oyining boshlaridan sarg‘aya boshlaydi. Bu jarayon, ayniqsa, issiqxona usti yopilgandan keyin tezlashadi.
🍋 Noyabr oyidan boshlab hosilni uzib olish mumkin. Noyabr–dekabr oylarida terilgan limonlar avvalroq yoki keyinroq uzilgan mevalarga qaraganda yaxshiroq saqlanadi. Chunki bu davrda mevalar yetarlicha pishib yetilgan bo‘ladi.
🍋 Hosilni ehtiyotkorlik bilan yig‘ib oling! Mevalar uzoq vaqt yaxshi saqlanishi uchun ularni bandi bilan olish kerak. Buning uchun tok qaychisi yordamida meva bandi bilan birga kesib olinadi va shikast yetkazmasdan salqin xonaga olib kiriladi. Hosil ko‘p bo‘lsa, mevalar 15–20 sm qalinlikda yoyib qo‘yiladi.
Limon daraxti tikanli bo‘lgani sababli mevalarga zarar yetishi mumkin. Tikan kirgan, shikastlangan mevalar uzoq saqlanmaydi.
🍋 Yig‘ib olingan limonlarni dastlab 3–5 kun saqlash tavsiya etiladi. Buning uchun ular salqin xonada usti ochiq holda saqlanadi. Bu jarayonda mevalar biroz namlik yo‘qotib, sal so‘lishi mumkin.
🍋🟩 Mevalarni saralash jarayonida nuqsonli limonlar ajratib olinadi. Kesilgan, tikan kirgan, lat yegan yoki bandi uzilgan mevalarni uzoq muddat saqlash uchun sog‘lom mevalar bilan birga joylashtirmaslik kerak.
Meva bandi taxminan 0,5 sm uzunlikda qoldirib kesiladi. Bu mevalarning bir-biriga tegishi natijasida shikastlanish xavfini kamaytiradi. Sog‘lom limonlarni maxsus yashiklarda yoki mos qadoqlarda saqlash mumkin.
🍋 Limonni yog‘och qipig‘i solingan paketlarda saqlash usuli
1–2 kg limon sig‘adigan paketlarga mevalar ehtiyotkorlik bilan joylashtiriladi. Ustidan oldindan tayyorlangan 2–3 siqim yog‘och qipig‘i (opilka) solinadi. Qipiq mevalar yuzasida hosil bo‘ladigan ortiqcha namlikni yutishga yordam beradi.
Yog‘och qipig‘i toza va quruq bo‘lishi kerak. Uni quyoshda quritib, yirik ko‘zli elakdan o‘tkazib, quruq va pana joyda saqlash lozim.
🍋 Paketlarni qanday joylashtirish kerak?
Barcha mevalar paketlarga joylangach, paketlar bir yoki ikki qavat qilib salqin va qorong‘i xonaga teriladi. Mevalarni muntazam tekshirish uchun ular orasida yurish yo‘laklari qoldiriladi.
🍋 Saqlash harorati va nazorat
Tavsiya etilgan harorat +5…+15 °C bo‘lishi kerak. Xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib turish, mevalarni esa muntazam tekshirish lozim.
Agar tekshirish vaqtida chirigan yoki zararlangan mevalar aniqlansa, ularni darhol olib tashlash kerak. Qolgan mevalarni ham tekshirib, qadoqni qayta yopish mumkin.
🍋 Limonni mart oyigacha saqlash mumkinmi?
Saqlash sharoitlari to‘g‘ri tashkil etilsa, limonlarni mart oyigacha yoki undan ham uzoqroq saqlash imkoniyati bo‘lishi mumkin. Biroq saqlash muddati mevaning naviga, pishganlik darajasiga, boshlang‘ich sifatiga va xona sharoitlariga bog‘liq.
🍋🟩 Yana bir oddiy usul — har bir paketga 2 tadan limon joylashtirish.
Bunda mevalar bir-biriga zarar yetkazmaydigan qilib joylanadi. Agar bitta meva chirib qolsa, uning ikkinchi mevaga ta’sir qilish xavfi kamayadi. Qulay sharoitda shu usul yordamida limonlarni aprel oyigacha saqlash mumkin.
📌 Maslahat: limonlarni uzoq saqlashda eng muhim jihatlar — sog‘lom mevalarni tanlash, shikastlanishning oldini olish, harorat va namlikni nazorat qilish hamda chirigan mevalarni o‘z vaqtida ajratishdir...
Davomi bu yerda👉 https://agro-olam.uz/limonni-uy-sharoitida-qishga-saqlash
Yaqinlarga ham ulashing foydali bo'ladi
Obuna bòling👉@agroolamuz
Post #53417
2.23K

- 👍 4