🌍 Suv tanqisligi sharoitida ham barqaror hosil beradigan g‘o‘za navlarini yaratish — zamonaviy seleksiyaning eng muhim vazifalaridan biri.
🌱 O‘zbekiston va Xitoy olimlari hamkorligida amalga oshirilayotgan qo‘shma ilmiy loyiha doirasida suv tanqisligiga bardoshli, yuqori mahsuldor va mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga moslashgan yangi g‘o‘za navlarini yaratishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar izchil davom ettirilmoqda.
Dala tajribalarida nimaga e’tibor qaratilmoqda?
Tadqiqotlarda turli g‘o‘za genotiplarining suv tanqisligi sharoitidagi o‘sishi, rivojlanishi, fiziologik xususiyatlari hamda hosildorlik salohiyati o‘rganilmoqda.
💧 Tajribalarning o‘ziga xos jihati shundaki, g‘o‘za vegetatsiya davrida atigi bir marta — gullash fazasida sug‘orilgan. Bunday sharoitda ayrim genotiplarning yaxshi rivojlanishi ularning qurg‘oqchilikka bardoshlilik xususiyatlarini yanada chuqur o‘rganish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.
🧬 An’anaviy seleksiya va zamonaviy molekulyar biotexnologiyalar uyg‘unligi!
Tadqiqotlarning keyingi bosqichlarida istiqbolli genotiplarni molekulyar markerlar yordamida baholash, qimmatli seleksion belgilarni aniqlash hamda ularni yangi navlar yaratish jarayoniga jalb etish rejalashtirilgan.
✅ Bizning asosiy maqsadimiz — kam suv talab qiladigan, noqulay iqlim sharoitlariga moslashgan va barqaror hosildorlikka ega yangi g‘o‘za navlarini yaratish
Yaqinlarga ham ulashing foydali bo'ladi
Obuna bo'ling👉 @agroolam 😊