O'zbekistonda dam olish kunlari ba'zi hududlarda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda.
Havo harorati kechasi +10…+15 daraja, kunduzi esa +25…+27 daraja, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +29…+32 darajagacha bo‘ladi.
10-oktyabr kuni kechqurun nam havo massalari kirib kelishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shuningdek, 11-oktyabr, yakshanba kuni nam havo massalari O‘zbekistonning qolgan hududlariga tarqaladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida cho‘l hududlarda va respublika janubida, kechqurun markaziy hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Telegram | Instagram | YouTube
Post #18410
1.56K

- ❤ 2
- 🔥 1
- 🎉 1