TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
ADLIYA YANGILIKLARI

ADLIYA YANGILIKLARI

@adliyangiliklari

Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Subscribers
16.4K
Photos
24.8K
Videos
2.7K
Links
9.5K
Recent Posts 10 shown
Post #30542 1.88K
E’lon

Hurmatli fuqarolar!

Ayni vaqtda onlayn notarial xizmatlardan foydalanish uchun
e-notarius.uz” axborot portalidan yoki “Adliya Plus” mobil ilovasidan Face-ID orqali identifikatsiyadan oʻtishda ayrim uzilishlar yoki qiyinchiliklar kuzatilmoqda.

Mazkur holatni bartaraf etish boʻyicha mutaxassislar tomonidan zarur ishlar olib borilmoqda. Yuzaga kelgan kamchiliklar toʻliq bartaraf etilgach, qoʻshimcha ravishda maʼlumot beriladi.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 2
Post #30539 1.75K
#Adliya_xabari

🇺🇿 🇰🇷 Qonunchilikni tahlil qilish va tartibgа solish ta'sirini baholash instituti rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya Osiyo qonunchilik institutlari kengashi Bosh Assambleyasi (CALI) hamda 14-Osiyo qonunchilik ekspertlari (ALES) simpoziumida ishtirok etdi.


✅Joriy yilning 16-18-sentyabr kunlari Institut direktori Sh.Rabiyev Osiyo davlatlarining qonun ijodkorligi va huquqiy axborot tizimlari borasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish maqsadida Koreya Respublikasining Seul shahrida xizmat safarida bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, CALI 2025-yilda Koreya Respublikasi, Mongoliya, Tailand va O‘zbekistonning tegishli qonunchilik institutlari tomonidan tashkil etilgan hukumatlararo maslahatlashuv organi bo‘lib, uning faoliyati qonunchilik siyosati va amaliyoti bo‘yicha tajriba almashish, huquqiy axborotni tarqatish hamda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Tadbirlar doirasida:
✅ CALI faoliyatining 2026-yil yakunlari va 2027-yilgi ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi;
✅ tashkilotning yangi a’zolarini qabul qilish va rahbariyatini saylash masalalari ko‘rib chiqildi;
✅raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.


Xalqaro uchrashuvda Institut direktori tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarini CALI faoliyatiga keng jalb etish, shuningdek, CALI a’zolari va manfaatdor davlatlar vakillarini Tashkent Law Spring xalqaro huquqiy forumiga taklif etish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish tashabbuslari ilgari surildi.

🤝 Mazkur tashrif O‘zbekistonning qonunchilik sohasidagi xalqaro hamkorligini kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va uni milliy qonunchilik amaliyotiga tatbiq etish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

📣 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating !

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • 👏 1
Post #30538 2.1K
#Adliya_aralashgach

⚖️ Adliya aralashuvi bilan 10 yillik ish staji pensiya tayinlashda inobatga olindi

Mingbuloq tumani Qo‘riqobod MFYda yashovchi fuqaro M.B yoshga doir pensiya tayinlashda ish stajlari to‘liq hisobga olinmayotganidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.

🔎 Murojaat o‘rganilganda, fuqaroning 1987–1997-yillarda To‘raqo‘rg‘on tumani “Raypo” (“Xo‘jandPO”) tashkilotida ishlagan davrlari mavjudligi aniqlandi.

📑 Biroq arxiv hujjatlarida mutasaddilarning xatosi sababli fuqaroning familiyasi “Begaliyev M.” tarzida noto‘g‘ri yozilgani sababli ushbu 10 yillik davr ish stajiga qo‘shib hisoblanmagan.

⚖️ Mazkur holat yuzasidan fuqaro manfaatida sudga ariza kiritildi.

✅ Sud tomonidan ariza qanoatlantirilib, arxiv ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan 1987–1997-yillardagi mehnat faoliyati davrlari murojaatchiga tegishli ekanligi tasdiqlandi.

🎯 Natijada fuqaroning 10 yillik ish staji pensiya tayinlashda inobatga olindi.

Adliya aralashuvi bilan — fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari ta’minlanmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 6
Post #30537 2.1K

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Yig‘ilishda ko‘cha va mahalla biylari, nuroniylarning jamiyatdagi yuksak obro‘-e’tiboridan samarali foydalanish masalasiga e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari asosiy maqsad har bir shahar va ovulda qulay turmush sharoitini yaratish ekanini ta’kidladi. Nuroniylarning tajribasi, yoshlarning g‘ayrati va aholi tashabbuskorligini birlashtirish orqali har bir mahallada obod va farovon muhit yaratish mumkin.

Rahbarlar mahalla va ko‘cha biylari bilan ishini erta tongdan hududlarni aylanish, aholi bilan muloqotdan boshlashi zarurligi qayd etildi.

Ko‘chalar, ariq va zovurlarni toza tutish, daraxt va gullarni ko‘paytirish, har bir insonda o‘z mahallasi taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish muhim.

Obodonlashtirish bir martalik hashar yoki bayram oldidan o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib qolmasligi, tozalik va obodlik kundalik madaniyatga aylanishi zarurligi qayd etildi.

Facebook|Instagram|X
  • ❤ 1
Post #30536 1.88K

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Qoraqalpog‘istonda 1 million 100 ming yoshlar bor, shundan 505 mingi 14-30 yoshda. Davlatimiz rahbari bu katta kuch ekanini, yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish berish muhimligini ta’kidladi.

Bir yilda 1 ming, kelgusi ikki yilda yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Hududda xorijiy til sertifikatiga ega 98 ming, axborot texnologiyalari bo‘yicha 127 ming, aniq fanlar bo‘yicha sertifikat olgan 5,5 ming yosh bor. Ularning 10 mingi chet tili va axborot texnologiyalarini mukammal biladi.

Koreyadagi vatandoshimizning olis hududlardagi yoshlarga axborot texnologiyalarini o‘rgatib, ularni yuqori daromadli qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

Yil yakunigacha shunday kamida 10 nafar iqtidorli vatandoshni Qoraqalpog‘istonga jalb etib, loyihalar boshlash topshirildi.

Facebook|Instagram|X
  • ❤ 1
Post #30535 1.47K

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi.

So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.

O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p.

Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.

Facebook|Instagram|X
  • ❤ 6
Post #30525 2.24K
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇦🇲 O‘zbekiston va Armaniston adliya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

17–18-sentyabr kunlari Armaniston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Официальные ведомости” YAJ delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida bo‘ldi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari bilan huquqni qo‘llash amaliyoti, ARLIS tizimi tajribasi hamda elektron tizimlarni rivojlantirish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga normativ-huquqiy hujjatlarga yuridik va texnik ishlov berish jarayonlari, shuningdek, markazda joriy etilgan zamonaviy axborot texnologiyalari haqida ma’lumot berildi.

🤖 Jumladan, LegalTech yo‘nalishida sun’iy intellektga asoslangan Lex.ai, “Yurxizmat” platformasi hamda Bola huquqlari portali imkoniyatlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Delegatsiya tashrif doirasida Multimedia bo‘limi, huquqiy o‘yinlar loyihalari va Adliya organlari tarixi muzeyi faoliyati bilan ham tanishdi.

🤝 Tashrifning muhim yakuni sifatida “Adolat” MHAM va “Официальные ведомости” YAJ o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ikki tomon o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

🇺🇿🇦🇲 Delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi 20-sentyabrga qadar davom etadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 6
Post #30524 3.41K
#Tayinlov

Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Jo‘rayev Islombek Anvar o‘g‘li Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Islombek Jo‘rayev 1992-yilda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 3-darajali adliya maslahatchisi. 2015-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini,2017-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:
➖ 2015–2017-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori qabulxonasi kotibi-ish yurituvchisi;
➖ 2017–2018-yillarda Adliya vazirligi Rahbariyat qoshidagi apparat qabulxonasi kotibi;
➖ 2018-yilda Adliya vazirligi Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi katta maslahatchisi;
➖ 2018–2022-yillarda Adliya vazirligi Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i;
➖ 2022–2023-yillarda Adliya vazirligi Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
➖ 2023–2024-yillarda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
➖ 2024–2026-yillarda Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;
➖ 2026-yil 8-apreldan hozirgi vaqtga qadar Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Adliya vazirligi jamoasi Islombek Jo‘rayevni ushbu
tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • 👍 45
  • 🔥 9
  • ❤ 8
  • 👏 7
Older posts →

About this channel

How can I read @adliyangiliklari without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for ADLIYA YANGILIKLARI: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does ADLIYA YANGILIKLARI have?
ADLIYA YANGILIKLARI (@adliyangiliklari) has 16.4K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does ADLIYA YANGILIKLARI know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →