1 oyga yo'qolib ketib, yaqinda mana bu videoni chiqargandim. Oddiy video, hozir o'tkazayotgan uyqu eksperimentim haqida.
Va shu video hozirgi holatni yaxshigina tasvirlab bera oladi. Hech qanaqa subtitr, effektlar, rakurslar o'zgarishi, high angle, low angle, eye level degan narsalar yo'q. Prosmotr ortidan quvlash menga hech qanaqa kayf bermadi. O'zi ishim shunaqa, "uchadigan, natija olib keladigan videolar qilish". O'sha yerda ishlaganim yetadi menimcha prosmotr uchun. Shaxsiy blog esa shunchaki erkin maydon sifatida qolib turaversin.
Hooklarga keladigan bo'lsak, o'zi umuman olganda bu tushuncha avvaldan bor, boshqa termin yoki nomlar ostida har doim bo'lgan video industriyada. Va uni ishlatish kerak, to'g'ri, sifatli, chiroyli ishlatish kerak.
Shunchaki oxirgi paytlarda instagram/tiktokda hook bo'yicha tutoriallar ko'payib ketti va siyqasi chiqdi desak ham bo'ladi. Shuning uchun ham asabga tegadi o'zimda ham.
Kontent-marketing kurslarida o'qib yurganimda ham shunaqa bo'lgandi. CPL, CPA, CPC kabi atamalarni har kuni o'qiyverib bezib ketgandim.
Post #73
1.06K

- ❤ 10
- ❤🔥 2
- 👍 2