TGViewer
Adiz Asrorov Adiz Asrorov @adizezz · 945 subscribers
Post #72 974
Ideal kartinka trendi tugayaptimi?

Instagramda bitta akkauntim bor, u yerda har xil blogerlarni kuzataman, deyarli hammasi videograf yoki shu sohaga yaqin odamlar. Oxirgi paytlarda bitta narsani sezdim.

Odam chiroyli ideal kartinkadan charchadi.

Sizlarda bilmadim qanaqa, lekin men umuman ko'rgim kelmay qoldi. Lentada shunaqa chiroyli ideal video chiqsa va kartinkadan tashqari boshqa nimadir bilan e'tiborni ushlab qolmasa birdaniga o'tkazvoraman.

Haqiqiy hayotta hech qachon bo'lishi mumkin emas yorug'lik qo'yilishi, allambalo epileptik СДВГ montaж, tipa kinoshniy color grading, ko'z qorachig'ini close-up olingan shotlariyu Davincini polzunoklarini uyoqdan buyoqqa aylantirishigacha. Va shunaqa videolar hammasida, har bir kreatorda. Yuz boshqa, stil o'sha-o'sha.

Shuning uchun ham hozir videolarimni oddiy, sodda, ortiqcha harakatlarsiz olishga qaror qildim. Qiymat rasmda emas, gaplarda bo'lishini xohlayman. Gaplarni samimiyligida, o'zimdan kimnidir yasamasdan, shunchaki bor narsalarimni bo'lishmoqchiman.

Chiroyli kontent qilish kerak, to'g'ri, harakat qilish kerak, надо заморачиваться. Lekin kopiya bo'lish kerak emas. Qiymat kartinkada emas, gaplarda, mazmunda bo'lishi kerak.

Arendaga qimmat kamera, svet, texnika olib chiroyli video qilish qiyin emas. Inson sifatida, shaxs sifatida qiziq bo'lish qiyin.

Kim qanaqa fikrda? Nima diysla?
  • 💯 27
  • ⚡ 9
  • ❤‍🔥 4
  • 🔥 4
  • ❤ 3
  • 🆒 1
More from @adizezz
  1. Oct 2, 2026YouTube'da yangi video! 📹 https://youtu.be/MZPmlZyw4-I Bu post esa shu videoni montaj qil…
  2. Sep 11, 2026Post #141
  3. Sep 7, 2026📹 https://youtu.be/u_wxeZiuY4w Kutilmagan drop
  4. Jul 27, 2026Post #139
  5. Jul 15, 2026Post #138
  6. Jul 10, 2026Post #137
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →