Hell Yeah! or NO!
Agar senga berilgan taklif ichingda "HA! S KAYFOM" degan fikrni uyg'otmasa, demak u taklifga yo'q deyish kerak.
Yaqinda shu hayotiy prinsip haqida o'qib qoldim. Va menda ham bu narsa ishlaganini tushundim. Aniqrog'i uning teskarisi.
Menga ish bo'yicha har xil takliflar kelib tushadi. Va men yo'q deyishni bilmayman. Unchalik yoqmasa ham, "mayli, qilib ko'raylikchi" deb kirishaman. Chunki o'zimga o'zim "pul topishim kerak" deb bosim qo'yganman. Va deyarli har doim majburlikdan olingan ishlarim to'liq o'xshamagan.
Shuning uchun ham hozir Yo'q deyishni o'rganyapman va hayotimda qo'llayapman. Agar menga taklif qilishgan ish yoki loyiha to'liq yoqmasa, ko'zda olov uyg'otmasa — yo'q deb qo'yganim o'zimga ham, buyurtmachiga ham foyda. Men energiya va vaqtimni yoqmagan narsaga sarflamayman, buyurtmachi esa asab, vaqt va pulini yo'qotmaydi.
Bu har doim zo'r va ideal taklifni kutib yashash kerak degani emas albatta. Qanaqadir universal yechim yo'q, buni yaxshi tushunasiz. Shunchaki refleksiya uchun bir fikr.
Keyingi YouTube-videoda bu haqida batafsil gaplashamiz. Sizlarda ham qandaydir fikr, tajriba bilan bo'lishish niyati bo'lsa, izohlarda yozinglar. Trevoga (xavotirli buzilish) haqida video qilyapman. Yordamingiz tekkan bo'ladi 🙏
Post #106
1.35K

- ❤ 15
- ⚡ 4
- 👍 4
- 🔥 3
- 💯 1