⌨️ IELTS CD (Computer-Delivered IELTS) imtihoniga tayyorlanish uchun TOP 5 sayt!
✅ IELTS Online Tests (ieltsonlinetests.com) – Bu sayt IELTSni onlayn tarzda topshirish uchun moslashtirligan bepul testlar taqdim etadi. Siz amaliy testlarni kompyuterda yechib, online IELTSni qanday o‘tish kerakligini bilib olishingiz mumkin.
✅ Official IELTS Practice Materials (ielts.org) – Rasmiy IELTS saytining onlayn versiyasi. Saytda online IELTS uchun maxsus amaliy testlar va ko‘plab foydali resurslar mavjud, shuningdek, onlayn topshirish jarayoniga moslashtirilgan tavsiyalar beriladi.
✅ IELTS Liz (ieltsliz.com) – IELTS Liz sayti, ayniqsa onlayn testga tayyorlanish uchun qimmatli resurslarga ega. Sayt onlayn formatdagi maslahatlar, namunalar va amaliy mashqlarni taqdim etadi.
✅ E2Language (e2language.com) – E2Language onlayn IELTS tayyorgarlik uchun mashhur platformadir. Sayt onlayn IELTS uchun video darslar, strategiyalar va testlar taqdim etadi. Siz onlayn IELTSning har bir bo‘limiga tayyorlanishingiz mumkin.
✅ Magoosh IELTS (magoosh.com) – Magoosh IELTS onlayn tayyorgarlik platformasi. Sayt onlayn testlar, video darslar va IELTSni kompyuterda topshirish uchun maxsus strategiyalarni o‘rgatadi. Bu resurs, ayniqsa, onlayn imtihon uchun moslashtirilgan materiallar bilan boyitilgan.
⚙️ P/S. Bu saytlar, IELTS CD formatiga tayyorlanishga yordam beruvchi resurslar bilan ta'minlaydi va imtihon jarayonini real tarzda his qilish imkonini beradi.
🌟 Join: @AbrorRahmatullayev
Post #17437
3.35K
- ❤ 16
- 🔥 4
- 🤩 1
- 🐳 1